boshqaruvchi Iyun 18, 2026 0 13
boshqaruvchi Iyun 18, 2026 0 11
boshqaruvchi Iyun 18, 2026 0 12
boshqaruvchi Iyun 18, 2026 0 14
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 96
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 91
Moderator aprel 11, 2025 0 82
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 39
Moderator aprel 28, 2025 0 63
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 15
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 14
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 8
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 17
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 24
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 20
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 148
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Moderator aprel 5, 2025 0 60
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yil 16-iyun kuni beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdi. Muloqotda iqtisodiyotning strategik tarmoqlari — energetika, infratuzilma, transport, muhim minerallar va raqamlashtirish sohalaridagi qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, mahalliy korxonalar eksportini kredit bilan qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv Oʻzbekistonning xalqaro investitsiya maydonidagi oʻrni mustahkamlanib borayotganini koʻrsatadi. Bugun mamlakat Markaziy Osiyoning yirik iqtisodiy markazlaridan biri, ayni paytda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirayotgan, investitsiyalar uchun ochiq hamkor sifatida tan olinmoqda. Jahonning nufuzli moliyaviy institutlari bilan hamkorlikning kengayishi bu jarayonning amaliy ifodasidir.
Shu bilan birga, zamonaviy taraqqiyot faqat moliyaviy resurs bilan belgilanmaydi. Har qanday investitsiyaning samarasi, eng avvalo, uni boshqaradigan, yangi texnologiyalarni oʻzlashtiradigan va ishlab chiqarishga tatbiq etadigan inson omiliga bogʻliq. Shu bois mamlakatda olib borilayotgan islohotlarda inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy bilim va koʻnikmaga ega kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda.
Soʻnggi yillarda kadrlar siyosatini takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi: davlat xizmatiga qabul qilishning ochiq va shaffof tizimi joriy etildi, rahbar kadrlarni tanlash hamda baholashning zamonaviy mexanizmlari yaratildi. Davlat boshqaruvi akademiyasi va boshqa taʼlim muassasalari faoliyati yangilanib, yoshlarning professional salohiyatini oshirishga eʼtibor kuchaytirildi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida ham inson kapitalini rivojlantirish eng muhim ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan. Taʼlim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, xorijiy til va raqamli texnologiyalarni egallashga keng imkoniyat yaratish orqali raqobatbardosh kadrlar bazasi shakllantirilmoqda.
AQShning yirik moliyaviy institutlari bilan hamkorlikning kengayishi bu maqsadlarga erishishda qoʻshimcha imkoniyat ochadi. Yirik investitsiya loyihalari zamonaviy texnologiya, ilgʻor boshqaruv tajribasi va xalqaro standartlarning mamlakatga kirib kelishini taʼminlaydi; bu, oʻz navbatida, mutaxassislar malakasini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va mehnat unumdorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda energetika, transport, sanoat va logistika sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar minglab malakali mutaxassisni talab qilmoqda. Shu bois iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda inson resurslarini rivojlantirish ham davlat siyosatining ajralmas qismiga aylanmoqda — zamonaviy korxona va ilgʻor texnologiyalarni samarali boshqarish uchun yuqori malakali kadr zarur.
Davlat siyosatida izchil taʼkidlanayotganidek, taraqqiyotning asosiy resursi — inson, uning bilimi, salohiyati va tashabbuskorligidir. Shu bois bugungi islohotlarning markazida inson manfaatlari, taʼlim sifati va professional kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Xorijiy investorlar bilan hamkorlik esa bu maqsadlar uchun zarur moliyaviy va texnologik shart-sharoitni yaratadi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi mazkur uchrashuv yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan birga, inson kapitalini rivojlantirish, boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish va zamonaviy kadrlar siyosatini takomillashtirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi. Xulosa qilib aytganda, kuchli iqtisodiyot va barqaror taraqqiyotning poydevori, avvalo, bilimli, masʼuliyatli va raqobatbardosh inson resurslariga tayanadi.
Iroda Bakiyeva
TDIU Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi professori
boshqaruvchi may 27, 2025 0 22
boshqaruvchi Iyun 30, 2025 0 18
boshqaruvchi Iyul 8, 2025 0 44
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 197
Moderator aprel 21, 2026 0 102
Moderator aprel 30, 2026 0 30
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 28
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 27