ETMISH YILLIK IBRATLI UMR: MEHRIBON USTOZ VA TANIQLI OLIM SIYMOSI
ETMISH YILLIK IBRATLI UMR: MEHRIBON USTOZ VA TANIQLI OLIM SIYMOSI
Iymon ong ila ruhga singgan,
mujassam irodadagi
nuqsonsiz e’tiqoddir.
Yo‘q bo‘lsa gar u insonda,
qiyofasi go‘yo odam,
aslida til-zabonli manqurtdir.
Magar iymon daraxt bo‘lsa, insofu,
hayo, adolat, shafqat va
marhamat — beshta shoxdir.
Oqillarning a’losi, mo‘minlarning
mo‘mini — olamul iymonga
ega bir zotdir.
Niyati pok, so‘zi amalda muqim,
ishonchu e’tiqodda
bardavom, oliy himmatdir.
Ulug‘larning ulug‘isan,
kamtarliging — kamoloting.
Saltanating — yer-u osmon,
kitob sening koinoting.
Toju taxting ilm-fandir,
so‘zmaliging — alomating.
Olib duo ulg‘aygansan,
olimliging — karomating.
Zebu zaring shogirdlaring,
bilimlaring — daromading.
Mehring sira tugamaydi,
maktab sening imorating.
Ustozlarning ustozisan,
ijod qilish — tijorating.
Raqam-harfni tanitgansan,
ziyo berish — burhonating.
Afsona-yu cho‘pchak aytish —
murg‘aklarga shafoating.
Bol tomadi so‘zlaringdan,
yo‘q g‘animing, xurofoting.
Bolalarga emak bo‘lish —
Alloh bergan siynating.
Iymon bilan tug‘ilgansan,
jannat sari “sharoiting”.
Yo‘lchi yulduz bo‘lib porla,
charchamasin tulpor oting.
Tangrim menga baxt berdi,
omad berdi, taxt berdi,
ota-onamni qilib yo‘ldosh,
bir oqila sirdosh berdi.
Sharaf, kamol, saodat ila
nevara-yu qondosh berdi,
baxtimizni qilib to‘liq,
do‘stu yor, qardosh berdi.
Olimlikni ato etib, sinadi,
bardosh berdi.
Labzi halollikka mos,
rizqu ro‘z, nasiba berdi.
Taqdirimizni qilib to‘kis,
yashashga ishonch berdi.
Ahli islomiy qilib,
tuganmas quvonch berdi.
Mamatov Axmedjon Atajanovich
TDIU “Iqtisodiy nazariya”
kafedrasi professori