Turon fanlari akademiyasi akademigi Nazar Hakimov bilan suhbat
Turon fanlari akademiyasi akademigi Nazar Hakimov bilan “Inson ekologiyasi” mavzusidagi ushbu ilmiy-ommabop podkastda inson ekologiyasining zamonaviy jamiyat taraqqiyotida, ayniqsa ta’lim sifati va tarbiya jarayonlariga ta’siri keng muhokama qilinadi.
Suhbat davomida inson ekologiyasi fanining ta’lim tizimidagi o‘rni, ta’lim muhiti, ma’naviy-axloqiy muvozanat, yoshlar tafakkurini shakllantirish hamda barqaror ijtimoiy ongni rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Podkast inson ekologiyasi fanining ta’lim sifati va inson kapitalini rivojlantirishdagi ahamiyatini chuqurroq anglashni istagan tinglovchilar uchun mo‘ljallangan.