O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakili bilan suhbat
Mening ismim Seyitova Leyli
Men O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakiliman. So‘nggi yillarda faoliyatim orqali chuqur anglab yetdimki, Orol muammosi nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Xususan, so‘nggi 8 yil ichida bu masala xalqaro maydonda keng muhokama qilinmoqda, yetakchi olimlar, ekspertlar va siyosatchilar tomonidan e’tiborda bo‘lib kelmoqda.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz ushbu masalaga juda katta e’tibor qaratib kelmoqda. Davlat rahbarining tashabbusi bilan qator yirik xalqaro sammitlar, konferensiyalar va forumlar tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar nafaqat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik holatini yaxshilash, balki ushbu hududda yashayotgan aholi hayot sifati va salomatligini tiklashga qaratilgan muhim qadamlar sifatida baholanishi mumkin.
Shaxsan men ishonamanki, olib borilayotgan samarali sa’y-harakatlar, xalqaro hamkorlik va davlat siyosatining ekologik barqarorlikka qaratilgan keng ko‘lamli strategik yondashuvi yaqin kelajakda o‘z ijobiy natijalarini albatta beradi. Bu esa nafaqat Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, balki tabiat bilan uyg‘un yashash madaniyatini rivojlantirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ladi.