Hurmatli oliy ta’lim muassasalari mutassadilari!
Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion ulkan islohotlarni keng ommaga yoritish maqsadida, "Taraqqiyot va ta’lim" media platformasi tashkil etildi.
Mazkur platformada “Universitet 4.0” — “Raqamli universitet”, ya’ni “Kelajak universiteti” modeli asosida jahon oliy ta’lim sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar doirasida raqamli texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari va zamonaviy biznes talablarini hisobga olgan holda universitetni o‘zgartiradigan ta’lim yondashuvlari aks ettiriladi.
Ko‘rsatuvlar rukunlari:
Olimlar minbari
Akademik ta’lim integratsiyasi
Yashil iqtisodiyotga o‘tish
Yashil universitet tamoyili
Ilg‘or muhandislik maktablari istiqboli
Qo‘shma ta’lim dasturlari samarasi
Dual ta’lim
Vatanparvarlik tuyg’usi
Turizm infratuzilmalari
Sanaot va qo‘shimcha qiymat
Qishloq xo‘jalagi va agrotexnologiyalar kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Media platforma an’anaviy ta’lim va zamonviy ta’lim integratsiyasining ahamiyati, "ustoz-shogird" an’analari asosida ta’lim sifatini oshirish va uning kelajagi haqidagi fikrlar maydoniga aylanadi.
Media platforma doirasida nufuzli oliy ta’lim muassasalarining faoliyati, innovatsion tajribalari, erishilgan yutuqlari va samarali loyihalarini hayotga jadal joriy etish haqidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanadi.
Ko‘rsatuvlar tayyorlash va ilm-fandagi dolzarb masalalar bo‘yicha suhbatlar tashkil etish, shuningdek, boshqa forumlar, konferensiyalar va tadbirlarni yoritish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
[93-718-40-07, @iqtisodiyot_77].
E’tiboringiz va ishonchi uchun rahmat!