Orol tabiiy va madaniy merosini asrash – global masala

aprel 5, 2025 - 16:33
aprel 6, 2025 - 22:33
 0  30
Orol tabiiy va madaniy merosini asrash – global masala
1 / 1

1. Orol tabiiy va madaniy merosini asrash – global masala

Ming yillik tarixga ega Orol dengizi va uni o‘rab turgan ekotizim — tabiat va inson o‘rtasidagi muvozanatning noyob namunasidir. Qadimiy hududda shakllangan noyob hayvonot va o‘simlik dunyosi o‘zining biologik xilma-xilligi va ekologik ahamiyati bilan butun insoniyat uchun muhim qadriyat sanaladi. Ayniqsa, faqat shu hududda uchraydigan endemik turlarni asrash — global darajadagi masala hisoblanadi.

Orolbo‘yi mintaqasi merosi nafaqat tarixiy, balki globallashuv sharoitida milliy boylik sanalib, ekotizimni tiklash, tabiiy resurslarni va madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy, ma’rifiy va amaliy tashabbuslarni kuchaytirish zaruratini anglatadi.

Shu ma’noda, Orolning biologik va madaniy merosini asrash — bu tabiat, tarix va insoniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash va uni kelajak avlodlarga yetkazishga qaratilgan umumiy missiyadir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Orol madaniyati sammitini tashkil etish bo‘yicha maxsus qaror sammitni muntazam xalqaro muloqotlar, fanlararo tadqiqotlar va ta’lim dasturlarini o‘z ichiga olgan tizimli jarayon sifatida rivojlantiradi.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar sammitga nafaqat amaliy, balki siyosiy va ilmiy-madaniy ahamiyat ham bag‘ishlab, uni global miqyosdagi strategik tashabbus darajasiga olib chiqadi. Xususan, birinchi sammit ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar va amaliy loyihalar orqali mazmunan samarali o‘tdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimi, ekspert
Sherzod Qurbonov