Ekologik va madaniy hamkorlikni mustahkamlash barqaror rivojlanish garovi

aprel 5, 2025 - 15:18
aprel 6, 2025 - 22:33
 0  29
Ekologik va madaniy hamkorlikni mustahkamlash barqaror rivojlanish garovi
1 / 1

1. Ekologik va madaniy hamkorlikni mustahkamlash barqaror rivojlanish garovi

Sammit doirasida ishtirok etayotgan xalqaro va mahalliy ekspertlar Birinchi Orol madaniyat sammiti nafaqat Qoraqalpog‘iston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun, balki butun insoniyat kelajagi nuqtai nazaridan global ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Ular ushbu sammitni ekologik xatarlarga javobgarlik, madaniy hamkorlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi.

Anjuman doirasida taqdim qilingan muhim tashabbuslardan biri — zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy me’morchilik asosida Qoraqalpog‘istonda joylashgan “Istiqlol” madaniyat va istirohat bog‘ini, shuningdek, bog‘ hududidagi bolalar kutubxonasini qayta barpo etish, ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Prezidentimizning loyiha tashabbusi yuqori baholandi.

Istiqbolli loyiha madaniy merosni saqlash, aholining madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish va ekologik xabardorlikni oshirishga qaratilgan strategik tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Loyiha doirasida an’anaviy milliy me’morchilik elementlari bilan uyg‘unlashgan, energiya samarador, inklyuziv va raqamlashtirilgan infratuzilma yaratish ko‘zda tutilmoqda. Bolalar kutubxonasi esa nafaqat kitob o‘qish joyi, balki ekologiya, tarix, san’at va fanga oid interaktiv o‘quv-madaniy markaz sifatida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Sammit ishtirokchilari yuqori saviyada tashkil etilgan  madaniy-intellektual loyihalar mintaqaning barqaror ijtimoiy rivojiga, yosh avlod tarbiyasiga va jamiyatdagi ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilishi xususida fikrlar almashdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimi, ekspert
Sherzod Qurbonov