Taraqqiyot va Ta’lim media platformasining navbatdagi podkasti marketing sohasiga bag‘ishlandi

mart 10, 2026 - 10:13
 0  1

Joriy yil 5-fevral kuni 2-podkastimiz bo‘lib o‘tdi.

“Taraqqiyot va Ta’lim” media platformasining navbatdagi podkasti marketing sohasiga bag‘ishlandi.

Bu safargi mehmonimiz — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Murat Ikromov Akramovich bo‘ldilar. Suhbat davomida zamonaviy marketing tendensiyalari, raqamli iqtisodiyot sharoitida marketing strategiyalari, bozor raqobati va biznes rivojlanishida marketingning o‘rni kabi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotida marketing yondashuvlarini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Podkast marketing sohasiga qiziqadigan talabalar, tadqiqotchilar, tadbirkorlar hamda zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni chuqurroq anglashni istagan keng auditoriya uchun foydali ma’lumotlar taqdim etadi.