Sammitda xorijlik ekspertlar ham faol ishtirok etdi

Men Philip Moughan – yozuvchi, jurnalist va tadqiqotchiman. Londondan, Angliyadanman.

aprel 8, 2025 - 10:19
aprel 19, 2025 - 01:13
 0  21

Sammitda xorijlik ekspertlar ham faol ishtirok etdi

Men Philip Moughan – yozuvchi, jurnalist va tadqiqotchiman. Londondan, Angliyadanman.

Orolbo‘yining asrlar davomida shakllangan betakror madaniyati va an’analarini asrab-avaylash, ularni muhofaza qilish hamda keng miqyosda targ‘ib etish bugungi global muammolardan biri hisoblanadi. Bu oson masala emas. Har bir inson o‘z tarixiy-madaniy ildizlarini bilishni, o‘rganishni xohlaydi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, men arxeologiyaga nihoyatda qiziqaman. Ana shu sababdan ham mazkur sammit doirasida ko‘plab olimlar va yetuk tadqiqotchilar bilan uchrashish, ularning tajribalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldim.

Butun dunyo olimlarining bir joyga – Qoraqalpog‘istonga to‘planib, muhim masalalarni muhokama qilish uchun chaqirilgani bejiz emas. Bu holatning o‘ziyoq bu hududda dolzarb va chuqur ilmiy izlanishlarni talab qiluvchi muammolar mavjudligidan dalolat beradi.

Sammit nafaqat yangi bilimlarni egallash, balki xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va, albatta, iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Bu mening Qoraqalpog‘istonga uchinchi tashrifim. Bu safar ham men o‘z taqdimotimni namoyish etdim, so‘nggi yangiliklarim bilan bo‘lishdim. Bu voqea men uchun unutilmas, noyob bir tarixiy hikoyaga aylanganini ishonch bilan ayta olaman.

tg: https://t.me/talim_2100