Birinchi Orol madaniyati sammiti start oldi

1. Birinchi Orol madaniyati sammiti start oldi
Ayni paytda Nukus shahrida joylashgan muhtasham “Oqqush” o‘tovi da ilmiy-ma’rifiy va madaniy muloqot shukuhi, Orol madaniyat sammiti o‘z faoliyatini rasman boshladi. Mazkur anjuman kuni kecha Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro madaniy forumning mantiqiy davomi, ya’ni ikkinchi qanoti sifatida tashkil etilgan bo‘lib, Orol muammolari bo‘yicha global ahamiyatga ega dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Anjumanda xalqaro va mahalliy darajada taniqli olimlar, yetakchi ekspertlar, nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. Ular qatorida “Taraqqiyot va ta'lim” media platformasi jurnalistlari ham faol ishtirok etmoqda. Sammitda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan fikr almashish, muammolarga ilmiy yondashuv asosida yondashish yuzasidan faol muloqotlar olib borilmoqda.
Sammitning asosiy maqsadi – Orolbo‘yi mintaqasidagi boy madaniy merosni asrab-avaylash, uni jahon hamjamiyatiga munosib tarzda taqdim etish, turli xalqlar va jamiyatlar o‘rtasida madaniy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlashda xalqaro hamjihatlikni kuchaytirishdir.
Anjumanda Orolbo‘yida va dunyoning boshqa hududlarida kuzatilayotgan ekologik muammolarni chuqur tahlil qilish, ularga nisbatan ilmiy asoslangan, oqilona va amaliy yechimlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Orol madaniyat sammiti zamonaviy ilmiy, madaniy va ekologik hamkorlikning muhim ilmiy-amaliy jarayoni sifatida barqaror rivojlanish, global muloqot va innovatsion ilgari surishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimi, ekspert
Sherzod Qurbonov