Orol madaniyati sammiti jahon hamjamiyatining diqqat markazida

aprel 5, 2025 - 13:00
aprel 8, 2025 - 09:13
 0  29
Orol madaniyati sammiti jahon hamjamiyatining diqqat markazida
1 / 1

1. Orol madaniyati sammiti jahon hamjamiyatining diqqat markazida

Orol dengizi mintaqasidagi ekologik inqiroz nafaqat atrof-muhitga, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa mazkur inqirozga global yondashuvni, barqaror yechimlarni izlashni va mintaqaviy hamkorlikni talab qiladi. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Sammit madaniyat va san’at ekologik ongni yuksaltirishda, xalqaro e’tiborni muammoga qaratishda kuchli vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Orol madaniyati bo‘yicha ilk sammitda ishtirok etdi. Sammit doirasida turli xalqaro ekspertlar, olimlar va mutaxassislar bilan muloqot olib bordi. Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarni bartaraf etishda madaniyat va san’atning beqiyos o‘rni borligini alohida ta’kidladi.

Sammit doirasida yosh avlodni ekologik mas’uliyatga ega bo‘lgan, mintaqaning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan yetuk kadrlar sifatida shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim, akademik almashinuv dasturlari, stipendiyalar va stajirovkalarni tashkil etish rejalashtirilganini ways etdi. Istiqbolli  tashabbuslar yoshlarning ekologik muammolarni anglash va hal etishda faol ishtirokini rag‘batlantiradi.

Ta’kidlandiki, sammit doirasida biodizayn ferma-laboratoriyasi tashkil etilishi ham mo‘ljallangan. Ushbu loyiha orqali mintaqani barqaror suv bilan ta’minlash, yangi ekologik chidamli ekin turlarini yaratish, sho‘rlanish jarayonlarini kamaytirish va zamonaviy texnologiyalar asosida ilmiy izlanishlarni olib borish ko‘zda tutilgan.

Orol dengizi fojiasi butun insoniyat uchun ogohlik va saboq bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, ekologik muammoni hal etishda xalqaro hamkorlik, ilm-fan, madaniyat va san’atni uyg‘unlashtirgan tashabbuslarning dolzarbligini alohida qayd etdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimi, ekspert
Sherzod Qurbonov