Birinchi Orol madaniyati sammitidan reportaj
Birinchi Orol madaniyati sammitidan reportaj
Mening ismim Taina Kaunis. Men EKG (London) / ECG Horizons Burabay rezidentsiyasining ijrochi direktoriman. Biz asosan maqolalar va kitoblarni chop etish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda ish olib boramiz. Bizning ish faoliyatimizga 20 yildan oshdi.
Ta’kidlash joizki, hayotimizdagi ko‘p narsa madaniyat bilan bog‘liq. Chunki madaniyat — faqat san’at yoki tarix emas. U, o‘z navbatida, fanlararo yondashuvni ham anglatadi. Agar biz global muammolarni hal etish uchun to‘g‘ri madaniy yondashuvni shakllantira olsak, yorqin kelajakni barpo eta olamiz.
Mening fikrimcha, madaniyat masalasi — eng muhim muammolardan biridir. Agar bizda qurilish va suvdan foydalanish bo‘yicha samarali yondashuv bo‘lganida, Orol dengizi ancha kam zarar ko‘rgan bo‘lardi. Bugungi sammit yaqin kelajakda Orol mintaqasida o‘z samarasini berishiga ishonamiz!