boshqaruvchi avgust 18, 2026 0 4
boshqaruvchi avgust 13, 2026 0 20
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 23
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 26
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 30
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 104
Moderator aprel 17, 2025 0 46
Moderator aprel 16, 2025 0 104
Moderator aprel 11, 2025 0 86
Moderator aprel 11, 2025 0 90
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 42
Moderator aprel 28, 2025 0 69
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 60
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 26
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 31
Moderator aprel 9, 2025 0 86
Moderator aprel 9, 2025 0 39
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 14
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 23
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 29
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 26
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 24
boshqaruvchi Iyul 28, 2026 0 17
Moderator Iyul 1, 2026 0 19
Moderator aprel 5, 2025 0 140
Moderator aprel 5, 2025 0 162
Moderator aprel 5, 2025 0 42
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 241-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida joriy yilning iyun–iyul oylarida murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mazkur o‘quvlarda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda hududiy tuman va shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘quv kurslarining asosiy maqsadi mutaxassislarning sohaga oid huquqiy bilimlarini mustahkamlash, murojaatlarni ko‘rib chiqishda yagona amaliyotni shakllantirish hamda ularni qonuniy, tezkor va natijador ko‘rib chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur yo‘nalish ijtimoiy himoya tizimida alohida ahamiyatga ega. Chunki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qiluvchilar orasida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar, ijtimoiy xizmat va ko‘makka ehtiyojmand fuqarolar mavjud. Ularning murojaatlari ko‘p hollarda ijtimoiy ta’minot, huquq va kundalik hayot bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi. Shu sababli mutaxassis qonunchilikni bilish bilan birga, murojaatchini tinglay olishi, vaziyatni to‘g‘ri baholashi va masalani vakolat doirasida amaliy yechimga yo‘naltira olishi zarur.
Umuman, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi bevosita muloqotning muhim vositasidir. Murojaatni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, mazmunini o‘rganish, huquqiy jihatdan tasniflash, tegishli ijrochiga yo‘naltirish, ijro muddatini nazorat qilish va asoslangan javob berish orqali nafaqat fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanadi, balki davlat xizmatlaridagi mavjud muammolar haqida ham muhim ma’lumot olinadi.
Shu nuqtayi nazardan, tashkil etilgan seminar-treninglarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar murojaatlar bilan ishlashning to‘liq siklini qamrab olib, ishtirokchilar amaldagi qonunchilik talablari, murojaatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish, huquqiy tasniflash, tegishli ijrochiga yo‘naltirish, ko‘rib chiqish muddatlarini nazorat qilish, natijador javob tayyorlash hamda murojaatchi bilan qayta aloqa o‘rnatish bo‘yicha bilimlarini mustahkamladilar.
O‘quv jarayonida real xizmat faoliyatiga yaqinlashtirilgan amaliy keyslar va simulyatsiyalardan foydalanildi. Mutaxassislar murojaat mazmunini aniqlash, vakolat masalasini belgilash, bir nechta idora ishtirokini talab qiladigan holatlarda hamkorlik algoritmini ishlab chiqish hamda javob xatlarini huquqiy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha vazifalarni bajardilar. Bunday usul ishtirokchilarga olingan nazariy bilimlarni kundalik ish jarayonida qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish imkonini berdi.
Seminar-trening davomida murojaatni qabul qilish va huquqiy tasniflash, muddatli ijro va hujjatlashtirish, murojaatchi bilan samarali muloqot, sifat nazorati, natijador javob, takroriy murojaatlar sabablarini tahlil qilish, qayta aloqa va monitoring masalalariga ustuvor ahamiyat berildi. Bu yo‘nalishlar murojaatlar bilan ishlashning o‘zaro bog‘liq yagona jarayon ekanini ko‘rsatadi.
Bunda asosiy mezonlardan biri — murojaatga shunchaki rasmiy javob yuborish emas, balki unda ko‘tarilgan masalaning vakolat doirasida amaliy yechim topishidir. Shu sababli murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi, ijro muddatlarining nazorat qilinishi, kechikishlarning oldini olish hamda mas’ul ijrochining javobgarligini ta’minlash muhimdir.
Murojaatlarning mazmunini tizimli tahlil qilish esa boshqaruv uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Muayyan hudud yoki xizmat bo‘yicha bir xil mazmundagi murojaatlarning muntazam takrorlanishi alohida holat emas, balki tizimli muammoning belgisi bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xil ijtimoiy xizmat yuzasidan qayta-qayta murojaat kelib tushishi muammoning oqibatini emas, uni keltirib chiqarayotgan sabablarni o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Shu bois murojaatlarni tahlil qilishda faqat ularning soniga emas, mazmuni, takrorlanish sabablari va hududiy xususiyatlariga ham e’tibor qaratish lozim. Bunday tahlil xizmat ko‘rsatishdagi uzilishlarni aniqlash, zarur tashkiliy yoki huquqiy choralarni belgilash hamda boshqaruv qarorlarini asoslash imkonini beradi. Natijada murojaatlar bilan ishlash tizimi fuqarolarga javob berish mexanizmi bilan cheklanmay, davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun muhim axborot manbaiga aylanadi.
Seminar-trening yakunida o‘quv dasturining asosiy natijalari sarhisob qilinib, ishtirokchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalari muhokama qilindi. Dasturni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi. Ishtirokchilar institut mutaxassislari tomonidan berilgan huquqiy tushuntirishlar, amaliy tavsiyalar va keyslarga asoslangan mashg‘ulotlarni yuqori baholadilar. Ayniqsa, murakkab huquqiy masalalarning sodda va tushunarli izohlangani hamda kundalik faoliyatda uchraydigan holatlar asosida mashg‘ulotlar olib borilgani o‘quvning amaliy ahamiyatini oshirdi.
Bunday o‘quvlarni tizimli davom ettirish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona amaliy yondashuvlarni mustahkamlash, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish va xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bunda o‘quvdan keyingi monitoring, qayta aloqa va mentorlik mexanizmlari ham muhim. Chunki o‘quv samarasi faqat olingan bilim bilan emas, uning kundalik faoliyatda qanday natija berayotgani bilan baholanadi.
Murojaatlar bilan ishlash, mohiyatan, davlatning fuqaro muammosiga qanday munosabatda bo‘lishini namoyon etadigan boshqaruv jarayonidir. Har bir murojaat ortida insonning huquqi, ehtiyoji va yechim kutayotgan masalasi turadi. Shuning uchun huquqiy bilim, amaliy mahorat, mas’uliyat va insonparvar munosabatning uyg‘unligi ushbu tizim samaradorligini belgilaydi.
Pirovardida, murojaatlarning o‘z vaqtida, qonuniy va natijador ko‘rib chiqilishi nafaqat alohida fuqaroning muammosini hal etishga, balki davlat xizmatlari sifatini oshirish, tizimli kamchiliklarni aniqlash va aholi bilan davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Rabbimov Anvar Narzullayevich,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi
boshqaruvchi may 27, 2025 0 24
boshqaruvchi Iyul 24, 2026 0 15
boshqaruvchi may 15, 2025 0 16
Moderator Iyul 1, 2026 0 60
Moderator Iyun 26, 2026 0 40
boshqaruvchi Iyul 25, 2026 0 27
boshqaruvchi Iyul 30, 2026 0 27
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 40
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 26