boshqaruvchi avgust 13, 2026 0 3
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 9
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 19
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 21
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 10
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 104
Moderator aprel 17, 2025 0 46
Moderator aprel 16, 2025 0 104
Moderator aprel 11, 2025 0 86
Moderator aprel 11, 2025 0 89
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 41
Moderator aprel 28, 2025 0 69
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 60
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 26
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 30
Moderator aprel 9, 2025 0 86
Moderator aprel 9, 2025 0 38
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 13
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 23
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 29
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 26
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 24
boshqaruvchi Iyul 28, 2026 0 14
Moderator Iyul 1, 2026 0 18
Moderator aprel 5, 2025 0 140
Moderator aprel 5, 2025 0 162
Moderator aprel 5, 2025 0 42
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yil 21-iyul kuni Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan “Birinchi yarim yillik natijalar” videoselektor yig‘ilishida mamlakatimiz iqtisodiyotining joriy holati va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, yilning birinchi yarmida iqtisodiyotimiz 8,5 foizga o‘sgan. Davlatimiz rahbari aholi turmush farovonligini sezilarli darajada oshirish uchun o‘sish sur’atlarini 9–10 foizga yetkazish zarurligini alohida ta’kidladi. Inflyatsiyani iqtisodiy barqarorlikning eng muhim mezonlaridan biri sifatida belgilab, uni jilovlash bo‘yicha hududlarga aniq topshiriqlar berdi. Bu vazifalarning iqtisodiy mazmuni o‘sish sur’atlarini oshirish bilan cheklanmaydi. Zamonaviy iqtisodiy yondashuvlarda makroiqtisodiy barqarorlik, aholi daromadlari, bandlik va iqtisodiy o‘sish natijalarining jamiyatning turli qatlamlariga yetib borishi o‘zaro bog‘liq jarayonlar sifatida qaraladi.
Iqtisodiy fanda uzoq vaqt davomida narxlar barqarorligi va byudjet muvozanati kabi makroiqtisodiy vazifalar daromadlar taqsimoti masalasidan ko‘proq alohida o‘rganilgan. So‘nggi tadqiqotlarda esa ular o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor kuchaydi. Daromadlar tengsizligining yuqori bo‘lishi iqtisodiy o‘sishning davomiyligi va barqarorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tengsizlik chuqurlashgan sari iqtisodiy o‘sish davrlarining qisqarishi va beqarorlashishi ehtimoli ortadi. Shu asosda xalqaro iqtisodiy amaliyotda “inklyuziv o‘sish” tushunchasi keng qo‘llanila boshlandi. Uning mazmuni yalpi ichki mahsulotning ko‘payishi bilan cheklanmaydi. Iqtisodiy o‘sish natijalarining aholining turli guruhlariga, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga yetib borishi ham rivojlanishning muhim mezoni hisoblanadi.
Bu qarashning nazariy asoslarini Nobel mukofoti sohibi Amartiya Sen ilgari surgan “imkoniyatlar yondashuvi”da ko‘rish mumkin. Uning talqinida rivojlanish faqat daromadlarning o‘sishi emas, insonning tanlov erkinligi va imkoniyatlarining kengayishini ham anglatadi. Inson iqtisodiy taraqqiyotning oddiy kuzatuvchisi yoki undan foyda oluvchi subyekt emas, uning markaziy ishtirokchisidir. Shu sababli iqtisodiy natijalarni baholashda ishlab chiqarish hajmi bilan birga odamlarning ta’lim olish, mehnat qilish, daromad topish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.
Deniel Rodrik tadqiqotlarida iqtisodiy o‘sishning institutsional asoslariga katta e’tibor qaratiladi. Barqaror o‘sish pul-kredit siyosati vositalariga bog‘liq bo‘lsa-da, mulkchilik huquqini himoya qiluvchi, bozor munosabatlarini tartibga soluvchi va iqtisodiy faoliyat uchun barqaror muhit yaratuvchi institutlarning sifati ham katta rol o‘ynaydi. Xalqaro Valyuta Fondi tadqiqotchilari Berg va Ostri olib borgan ko‘p yillik statistik tahlillarda esa tengsizlik darajasi past mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish davrlari ancha uzoq davom etishi aniqlangan. Ushbu ilmiy qarashlarning umumiy jihati shundaki, iqtisodiy o‘sish uning sur’ati, barqarorligi, institutsional asoslari va ijtimoiy natijalari bilan birgalikda tahlil qilinadi.
O‘zbekistonning so‘nggi ikki yildagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari ham ana shunday kompleks tahlil uchun muhim ma’lumotlarni beradi. Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki guruhining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, real YaIM o‘sish sur’ati 2024-yildagi 6,7 foizdan 2025-yilda 7,7 foizga yetdi, YaIM hajmi esa 147 milliard AQSh dollaridan oshdi. Joriy hisob taqchilligi YaIMning 4,7 foizidan 3,3 foizigacha qisqardi, xalqaro zaxiralar hajmi 2026-yil boshiga 70 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu raqamlarning har biri iqtisodiyotdagi alohida jarayonni ifodalaydi: YaIM dinamikasi iqtisodiy faollikni, joriy hisob tashqi iqtisodiy muvozanatni, xalqaro zaxiralar esa mamlakatning tashqi moliyaviy barqarorligini tavsiflaydi. Ularni birgalikda ko‘rib chiqish iqtisodiyotdagi umumiy tendensiyani aniqroq anglash imkonini beradi.
Iqtisodiy o‘sishning aholi turmush darajasiga ta’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Milliy qashshoqlik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizgacha, daromadlar tengsizligini aks ettiruvchi Jini koeffitsienti esa 34,6 dan 32,7 gacha pasaydi. Joriy yil 23-yanvar kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida o‘tgan yilda 366 ming oila qashshoqlikdan chiqqani, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,8 foizga tushgani qayd etilgan edi. Bu ko‘rsatkichlarni iqtisodiy o‘sish dinamikasi bilan birgalikda tahlil qilish muhim. Chunki inklyuziv o‘sishning mazmuni iqtisodiyotda yaratilayotgan qo‘shimcha qiymatning aholi daromadlari, bandlik va turmush sharoitidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lanishida namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sishning kelgusi bosqichi mehnat bozoridagi demografik jarayonlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Jahon banki tahlillariga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish sur’atlari hozircha yangi ish o‘rinlari yaratish sur’atidan ustun kelmoqda va mamlakatimizga kelgusi 7–10 yil ichida qo‘shimcha 10 million atrofida yangi va yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rni zarur. Bu ehtiyoj iqtisodiy o‘sishning sur’ati bilan birga uning tarkibiga ham e’tibor qaratishni talab etadi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi, investitsiyalar hajmining kengayishi, xususiy tadbirkorlik va yuqori unumdorlikka ega tarmoqlarning rivojlanishi bandlik imkoniyatlarini oshiradi. Shu ma’noda, Prezidentimiz tomonidan iqtisodiy o‘sish sur’atini 9–10 foizga yetkazish vazifasining qo‘yilishi aholi daromadlarini oshirish va mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi ishchi kuchi uchun munosib bandlik imkoniyatlarini kengaytirish bilan bog‘liq.
Iqtisodiy o‘sishning real natijasini baholashda inflyatsiya ham asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Daromadlar nominal jihatdan oshishi mumkin, ammo narxlarning o‘sishi yuqori bo‘lsa, aholining real xarid qobiliyatidagi o‘zgarish boshqacha bo‘ladi. Bu, ayniqsa, daromadining katta qismini oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va boshqa kundalik ehtiyojlarga sarflaydigan oilalar uchun sezilarli. Shuning uchun yuqori iqtisodiy o‘sish bilan narxlar barqarorligini bir vaqtda ta’minlash aholi real daromadlari dinamikasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 21-iyuldagi yig‘ilishda inflyatsiyani jilovlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgani ham iqtisodiy o‘sish natijalarini real daromadlarga aylantirish nuqtayi nazaridan muhimdir.
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi bugungi jarayonlarni shu asosda tahlil qilganda, iqtisodiy o‘sish, makroiqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligi o‘rtasidagi bog‘liqlik tobora yaqqol ko‘rinmoqda. 8,5 foizlik iqtisodiy o‘sish joriy iqtisodiy faollik darajasini ifodalasa, 9–10 foizlik marraning belgilanishi kelgusi davrda iqtisodiyot oldida turgan bandlik, daromad va investitsiya ehtiyojlari bilan bog‘liq. Qashshoqlik darajasining 8,9 foizdan 5,8 foizgacha, ishsizlikning 5,5 foizdan 4,8 foizgacha va Jini koeffitsientining 34,6 dan 32,7 gacha pasayishi esa iqtisodiy o‘sishning ijtimoiy ko‘rsatkichlarda qanday aks etayotganini kuzatish imkonini beradi.
Endilikda iqtisodiy rivojlanish sifatini baholashda YaIM o‘sishi bilan birga yangi va yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlari soni, real daromadlar dinamikasi, qashshoqlikning qisqarishi, daromadlar taqsimoti va hududlar iqtisodiy faolligidagi o‘zgarishlarni ham muntazam kuzatib borish zarur. Ana shunda iqtisodiy o‘sishning mazmuni umumiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan aholi daromadi, bandligi va turmush sharoitidagi aniq o‘zgarishlargacha bo‘lgan yaxlit jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining yangi sifati ham o‘sish sur’ati, makroiqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligi o‘rtasidagi ana shu uzviy bog‘liqlik bilan belgilanadi.
Asqarova Mavluda Turabovna, TDIU Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish kafedrasi professori (DSc)
boshqaruvchi Iyul 2, 2026 0 24
boshqaruvchi Iyul 7, 2025 0 104
boshqaruvchi Iyul 24, 2026 0 14
Moderator Iyul 1, 2026 0 57
Moderator Iyun 26, 2026 0 37
boshqaruvchi Iyul 25, 2026 0 26
boshqaruvchi Iyul 30, 2026 0 24
boshqaruvchi Iyul 19, 2026 0 23
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 37
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 25