Moderator Iyul 3, 2026 0 3
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 7
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 1
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 5
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 99
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 97
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 40
Moderator aprel 28, 2025 0 64
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 40
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 21
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator Iyul 1, 2026 0 6
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 149
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Kapital bozori har qanday zamonaviy iqtisodiyotning muhim moliyaviy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Chunki u erkin pul mablag‘larini ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma va yirik investitsiya loyihalariga yo‘naltirish orqali jamg‘armalarni iqtisodiy o‘sish manbaiga aylantiradi. Shu ma’noda, O‘zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish masalasi bugungi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Joriy yil 22-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatda kapital bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda moliyaviy resurslarni iqtisodiyotga keng jalb etish, investorlar uchun qulay muhit yaratish, qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini takomillashtirish va sohani xalqaro standartlar asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yangi O‘zbekiston fenomenida mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, xususiy mulkni himoya qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda kapital bozori faqat moliyaviy savdo maydoni emas, balki iqtisodiyotga uzoq muddatli mablag‘lar kirib kelishini ta’minlaydigan strategik mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Rivojlangan kapital bozori korxonalarga bank kreditlaridan tashqari muqobil moliyalashtirish manbalarini yaratadi, aholi va institutsional investorlarga esa o‘z mablag‘larini samarali joylashtirish imkonini beradi. Shu bois kapital bozorining chuqur isloh qilinishi iqtisodiy o‘sish, xususiy sektor faolligi, korporativ boshqaruv sifati va investitsiya jozibadorligini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir. Taqdimotda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilgani ta’kidlandi. Mazkur hujjat bozorni zamonaviy talablar asosida tartibga solish, investorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish, axborot oshkoraligini ta’minlash, bozor infratuzilmasini mustahkamlash va yangi moliyaviy instrumentlarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, moliyaviy munosabatlarda ishonchni kuchaytiradi. Chunki kapital bozoridagi eng muhim omillardan biri — shaffoflik, huquqiy kafolat va barqaror tartib-qoidalar mavjudligidir. Ilmiy-nazariy nuqtai nazardan qaraganda, moliyaviy bozorlarning samaradorligi, avvalo, ularni tartibga soluvchi institutsional muhitning sifatiga bog‘liq. Agar qonunchilik aniq, investor huquqlari himoyalangan va bozor ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar ta’minlangan bo‘lsa, kapital bozorida faollik ortadi. Shu jihatdan yangi qonun loyihasi nafaqat huquqiy hujjat, balki iqtisodiy islohotlarning amaliy davomi sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Taqdimotda yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan opsion, fyuchers, svop va forvard kabi hosila moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bunday instrumentlar investorlarga bozordagi risklarni boshqarish, investitsiya portfellarini diversifikatsiya qilish va moliyaviy qarorlarni uzoq muddatli rejalashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, ular bozor likvidligini oshirishga, qimmatli qog‘ozlar aylanmasini kengaytirishga va professional moliyaviy xizmatlar rivojiga turtki bo‘ladi. Banklar tomonidan garov bilan ta’minlangan obligatsiyalar va ipoteka kreditlari majburiyatlari asosida maxsus qimmatli qog‘ozlar chiqarish mexanizmlarining joriy etilishi ham muhim ahamiyatga ega. Bu banklar uchun uzoq muddatli resurslarni jalb qilish, ipoteka bozorini rivojlantirish va aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, islom moliyasi instrumentlarini, jumladan, “sukuk” qimmatli qog‘ozlarini muomalaga kiritish orqali yangi investorlar qatlamini jalb etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu moliya bozorining instrumentlar bazasini kengaytirish bilan birga, O‘zbekistonning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini ham tezlashtiradi. Kapital bozori infratuzilmasini takomillashtirish ham islohotlarning muhim qismi hisoblanadi. Markaziy depozitariy vakolatlarini kengaytirish, dividendlarni markazlashgan holda to‘lash, xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlari ochish, chet ellik nominal saqlovchilar uchun mahalliy bozorga kirish tartibini soddalashtirish kabi choralar bozor ishonchliligini oshiradi. Bunday o‘zgarishlar xorijiy institutsional investorlar uchun O‘zbekiston bozoriga kirishni yengillashtiradi va milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini tashqi kapital uchun yanada ochiq maydonga aylantiradi. Shu bilan birga, davlat korxonalarining kapital bozoriga chiqishi, ular aksiyalarining ochiq savdoga qo‘yilishi va xususiy sektor ulushining oshirilishi iqtisodiyotda raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi. Yangi bosqich korxonalarni ochiqlikka, samaradorlikka va korporativ boshqaruv standartlariga rioya qilishga undaydi. Kapital bozori rivojlangan sari aholi, tadbirkorlar, banklar, investitsiya fondlari va xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ham faollashadi. Natijada mamlakatda yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari kengayadi, iqtisodiyotga xususiy investitsiyalar oqimi kuchayadi va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi ortadi. Shu jihatdan kapital bozorini rivojlantirish faqat moliya sohasiga oid vazifa emas, balki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, barqaror o‘sishi va xalqaro investitsiya maydonidagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli islohotdir. Prezident tomonidan belgilangan vazifalar — qonunchilikni takomillashtirish, bozor infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va soha uchun malakali kadrlar tayyorlash — mamlakatimizda kapital bozorini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Demak, kapital bozorining izchil rivojlanishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga yangi investitsiyalar oqimini ta’minlash, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda muhim omil bo‘lib qoladi.Dilnoza Innatovna Asadova,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Moderator Iyun 23, 2026 0 13
boshqaruvchi Iyun 20, 2025 0 25
boshqaruvchi Iyun 27, 2026 0 13
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 208
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 49
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 39
Moderator Iyun 16, 2026 0 33
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 19