YANGI DAVR VA YANGI MEROS YO‘LIDA O‘ZBEKISTONNING MADANIY UYG‘ONISHI

Iyun 30, 2025 - 01:54
 0  9
YANGI DAVR VA YANGI MEROS YO‘LIDA O‘ZBEKISTONNING MADANIY UYG‘ONISHI

O‘zbekiston bugun nafaqat iqtisodiy, balki madaniy jihatdan ham tub yangilanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Yangi O‘zbekiston g‘oyasi ostida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar orasida madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor alohida ahamiyat kasb etmoqda.  O‘zbekiston bugungi kunda xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash bilan birga, o‘zining madaniy kodini saqlash va boyitishga ham ustuvor ahamiyat bermoqda. U madaniyatni kelajakka yo‘naltirilgan strategik sarmoya sifatida talqin etib, yosh avlodni ushbu jarayonning asosiy ishtirokchisiga aylantirish zarurligini urg‘uladi. Raqamlarga murojaat qilsak, mamlakat aholining 65 foizini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Bu esa madaniy siyosatda yoshlar salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishni milliy rivojlanishning bosh mezoniga aylantiradi. Shu jihatdan, olib borilayotgan yirik madaniy loyihalar – masalan, Buxoro biyennalesi, Zamonaviy san’at markazi, Yangi Davlat san’at muzeyi kabi tashabbuslarni tilga oldi. Bu obyektlar oddiy tadbir emas, balki kelajak avlodga qoldiriladigan yangi madaniy meros bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

 Madaniyat hech qachon mamlakat rahbariyati tomonidan bu darajada kuchli qo‘llab-quvvatlanmagan. Prezidentimiz madaniyatga, yoshlarning salohiyatiga va kreativ sektor imkoniyatlariga sarmoya kiritishni – bevosita kelajakka sarmoya deb bilmoqda. Buxoro biyennalesi bunga yorqin misoldir: 5-sentabrdan 20-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan bu nufuzli tadbirda 70 dan ortiq mashhur rassom, me’mor, musiqachi, shoir va hatto oshpazlar ishtirok etadi. Zamonaviy san’at markazi esa madaniyat va iqtisodiyotni ajralmas tushuncha sifatida ko‘rmoqda. Uning fikricha, “commerce follows culture” – ya’ni tijorat madaniyat ortidan boradi. U o‘z amaliy tajribasiga asoslanib, madaniyatning shaharlarga, biznesga va umuman, jamiyat taraqqiyotiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tushuntirdi. Masalan, rassomlar joylashgan hududlarda yangi kafelar, ustaxonalar, galereyalar va turizm infratuzilmalari vujudga kelmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari, kichik biznes va kreativ iqtisodiyotning shakllanishiga zamin yaratadi. Toshkentda tashkil etilayotgan Zamonaviy san’at markazi ham nafaqat estetik makon, balki ijtimoiy o‘zgarishlarning katalizatoriga aylanishi rejalashtirilmoqda. Markaz o‘zining yoshlar dasturi orqali 16–22 yosh oralig‘idagi yoshlar uchun maxsus loyihalarni ishlab chiqmoqda, ularga rahbarlik qilish imkonini bermoqda. Bu yoshlarni ijodiy va tashkiliy jihatdan o‘stirishga xizmat qiladi. Madaniyat va san’atni bo‘shliqda mavjud bo‘lmaydigan hodisalar, ularni ta’lim, gender tengligi, yoshlar siyosati kabi ijtimoiy jihatlar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, madaniyat ijtimoiy islohotlarga kuchli turtki beradi va bu orqali jamiyatda tafakkur, qarashlar va qadriyatlar yangilanadi.

Shunday qilib, bugungi O‘zbekiston madaniy siyosati ikki asosiy ustunga tayangan: biri – tarixiy merosni asrash va global hamjamiyatga tanitish; ikkinchisi – yangi madaniy infratuzilma yaratish orqali yoshlarni, jamiyatni, hattoki iqtisodiyotni rivojlantirish. “Yangi davr yangi meros yo‘lida O‘zbekiston madaniy uyg‘onmoqda” degan ibora bugungi real haqiqatga aylandi. Bu uyg‘onish esa an’anaviy qadriyatlar bilan zamonaviy tendensiyalarni uyg‘unlashtirishga intilgan milliy madaniyatning yangi sahifasidir.

Nazarova Gulhayo Ikrom qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti 
Makroiqtisodiy siyosat va prognozlashtirish kafedrasi assistenti