O‘ZBEKISTONDA FARMASEVTIKA MAHSULOTLARI BOZORINI TAKOMILLASHTIRISH: AHOLINI SIFATLI VA XAVFSIZ FARMASEVTIKA MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASH

Jahon amaliyotida farmasevtika tovarlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni tashkil qilishda iste’molchilarning xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, jumladan, iste’molchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini tahlil va prognoz qilish, ularning bozordagi xatti-harakatlarini belgilovchi omillarni aniqlash va shu asosda marketing vositalari kompleksini ishlab chiqish va uning tarkibiy qismlarini moslashtirish, raqobatdoshlik ustunliklarni ta’minlashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevradagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son, 2022 yil 21-yanvardagi “2022-2026 yillarda Respublikaning farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-55-son Farmonlari, 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4554-son Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston farmasevtika bozorida korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish iste’molchilarni sinchkovlik bilan segmentatsiyalashni, farmasevtik vositalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni samarali tashkil etishni va har bir iste’mol segmenti uchun sezilarli darajada marketingning innovatsion vositalarini yaratishni talab qiladi. Farmasevtika mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni tashkil qilishda iste’molchilarning xulq-atvori va omillarini, shuningdek, uning o‘zgarishiga moslashish qobiliyatini bilish katta ahamiyatga ega. Raqobat ustunliklarini ta’minlash uchun korxona turli toifadagi iste’molchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini tahlil va prognoz qilishi, ularning bozordagi xatti-harakatlarini belgilovchi omillarni aniqlashi va shu asosda marketing vositalarini ishlab chiqish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022-2026 yillarda Respublikaning farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-55-son Farmoni bilan “Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmasevtika mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, farmasevtika tarmog‘iga ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish orqali tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish, ichki bozorni ta’minlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish” vazifasi belgilab berildi.
Farmasevtika mahsulotlari bozorida marketing rivojlanishining hozirgi tendensiyalaridan biri bu farmasevtika tashkilotlari xizmatlariga talabning sezilarli darajada oshishi hisoblanadi. Ushbu holat iste’molchilarga farmasevtika mahsulotlari sotishda xizmat ko‘rsatish sifatiga bo‘lgan talabning oshishini taqozo etadi. Iste’molchilar xatti-harakatlarini boshqarish sohasidagi marketing konsepsiyasining maqsadi nafaqat yangi jalb qilish, balki mavjud iste’molchilarni saqlab qolishdir. Bunday samaradorlikni ta’minlashda farmasevtika tovarlari bozorini iste’molchilarga yo‘naltirilgan konsepsiyalari asosida tashkil etish va unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni samarali tashkil orqali erishiladi.
B.R. Bobojonov