BUDJET DAROMADLARI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA HUDUDLAR SOLIQ SALOHIYATINING AHAMIYATI

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi bevosita davlat moliyasining mustahkamligi va budjet tizimining samarali faoliyat yuritishiga bog‘liq. Davlat budjeti ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy instrumenti bo‘lib, uning daromadlari mamlakatdagi mavjud iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish, soliqlarni to‘plash samaradorligi va hududlar moliyaviy mustaqilligining darajasiga bevosita ta’sir etadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, hududlarni kompleks rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborning ortishi va mahalliy budjetlar faoliyatining kuchaytirilishi hududlar soliq salohiyatining ahamiyatini yanada oshirib yubordi. Shu jihatdan olganda, budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda hududlar soliq salohiyatining o‘rni va roli muhim masala sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Hududlar soliq salohiyati deganda, ular ixtiyoridagi iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish imkoniyatlari, soliqqa tortish bazasi va soliqlarni yig‘ish samaradorligi tushuniladi. Har bir viloyat yoki tuman o‘ziga xos tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mehnat resurslariga ega bo‘lib, ular asosida daromad keltiruvchi faoliyatni tashkil qilish mumkin. Aynan shu imkoniyatlar soliq salohiyatining real ko‘rsatkichlarini shakllantiradi. Ammo amaliyotda bu salohiyatdan to‘liq foydalanilmasligi, ayrim hollarda esa noto‘g‘ri soliq siyosati yoki noto‘g‘ri boshqaruv tufayli budjet daromadlarining yetarli bo‘lmasligi kuzatiladi. Natijada, ayrim hududlarda markaziy budjetdan subsidiya yoki transferlarga qaramlik kuchayadi. Bu esa moliyaviy mustaqillik va mahalliy tashabbuslarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida budjet-soliq siyosatini takomillashtirish, budjet daromadlarining barqaror manbalarini shakllantirish va ayniqsa hududlar moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soliq ma’muriyatchiligi soddalashtirilmoqda, soliq to‘lovchilarning huquqlari himoya qilinmoqda va soliqlar shaffoflik asosida amalga oshirilmoqda, budjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy resurslardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Bu boradagi eng muhim yo‘nalishlardan biri – hududlarning soliq salohiyatini chuqur o‘rganish, baholash va unga asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishdir. Zero, har bir hududda ishlab chiqarish hajmi, tadbirkorlik darajasi, xizmatlar sektori yoki qishloq xo‘jaligi salohiyati bir-biridan farq qiladi. Shunday ekan, barcha hududlarga yagona me’yorda yondashish o‘rniga, hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda soliq salohiyatidan foydalanishni ta’minlash lozim.
O‘tgan yillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2024-yіlda mamlakatіmіz іqtіsodіyotіda barqaror o‘sіsh jarayonі davom etdі va yalpі іchkі mahsulot 6,5 foіzga ortіb, o‘sіsh sur’atlarі yuqorі bo‘lіshі bіlan ajralіb turdі. Bu esa davlat molіya tіzіmіda іjobіy o‘zgarіshlarga zamіn yaratіb, budjet tushumlarіnі shakllantіrіshda barqaror makroіqtіsodіy muhіtnі ta’mіnlashga yordam berdі. Natіjada solіq sіyosatіnі yanada takomіllashtіrіsh, yіg‘іmlarnі oshіrіsh va solіq ma’murchіlіgі samaradorlіgіnі kuchaytіrіsh hіsobіga davlat budjetі uchun belgіlangan 196,5 trіllіon so‘mlіk prognozdan yuqorіroq natіjaga erіshіldі va amalda 199,5 trіllіon so‘mlіk tushum ta’mіnlandі. Bu ko‘rsatkіch 2023-yіldagіga nіsbatan 33,5 trіllіon so‘mga yokі 20,2 foіzga oshgan bo‘lіb, іqtіsodіyotnіng barqarorlіgі davlat daromadlarі hajmіda yaqqol aks etdі.
2025-yilning I-choragida davlat budjeti daromatlari 26,5% oshdi, ya’ni 63936,8 mrld so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning I choragida 50537,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan edi. Bunda davlat budjeti daromatlarining shakllanishida soliq tushumlari 54210 mrld so‘mi, boshqa daromadlar va soliqsiz tushumlar esa 9726,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlardan bizga ma’lum bo‘ladiki, davlat budjeti daromatlarining asosiy qismini soliq tushumlari tashkil qilib, 2025-yilda ham soliq tushumlari davlat budjeti daromatlarining 84,8%ini tashkil qilgan.
Soliq yukini optimallashtirish va soliq tushumlarini ko‘paytirish bevosita hududning soliq salohiyatini yanada oshirishga bog‘liq. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati bilan bog‘liq islohotlar hududlar soliq salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lishi, unda tadbirkorlikni rivojlantirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni rag‘batlantirish, aholining bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish kabi omillarni qamrab olishi kerak. Shu jihatdan qaraganda, budjet daromadlarini shakllantirishda hududiy soliq salohiyatini to‘liq safarbar etish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga erishish mumkin. Zero, hududlarning iqtisodiy rivojlanishi bevosita ularning moliyaviy imkoniyatlariga, moliyaviy imkoniyatlar esa mavjud soliq tushumlariga bog‘liq bo‘ladi.
Sharipov Narzullo G‘ulomovich