boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 4
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 9
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 17
Moderator Iyul 31, 2026 0 16
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 104
Moderator aprel 17, 2025 0 45
Moderator aprel 16, 2025 0 103
Moderator aprel 11, 2025 0 86
Moderator aprel 11, 2025 0 89
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 41
Moderator aprel 28, 2025 0 68
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 59
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 25
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 28
Moderator aprel 9, 2025 0 84
Moderator aprel 9, 2025 0 38
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 13
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 23
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 29
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 24
boshqaruvchi Iyul 28, 2026 0 13
Moderator Iyul 1, 2026 0 17
Moderator aprel 5, 2025 0 139
Moderator aprel 5, 2025 0 161
Moderator aprel 5, 2025 0 42
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yil 16-iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini tubdan takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda mahallalarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va davlat xizmatlarini aholiga yanada yaqinlashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Mamlakatimizda mahalla tizimini rivojlantirish, fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Shu maqsadda mahallalarning moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilib, iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash va tashabbuskorligini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, tuman hokimlari va mahalla raislarining budjet tushumlari boʻyicha vakolatlari kengaytirilishi natijasida hududlarda qoladigan qoʻshimcha daromad ikki barobargacha oshdi. Buning hisobiga tumanlarda oʻrtacha 22 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ saqlanib qoldi, mahalla budjetiga esa oʻrtacha 150–200 million soʻm tushdi. Prezidentimiz mavjud resurs va vakolatlardan samarali foydalanish, har bir mahallada masʼuliyat hamda tashabbuskorlikni kuchaytirish ustuvor vazifa ekanini alohida taʼkidladi.
Shu bilan birga, ayrim mahallalarda mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmayotgani, murojaatlar sonining yuqoriligi, kambagʻal oilalarni bandlikka jalb etish hamda tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishdagi kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Shundan kelib chiqib, mahalla tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilandi.
Endilikda mahalla raisi hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi boshqaruvchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir mahallaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda hududning “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash boʻyicha tizimli ishlar tashkil etiladi. Bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash maqsadida jami 240 milliard soʻmlik resurs shakllantiriladi. Shuningdek, har bir mahallada kamida bitta daromadli loyihani amalga oshirish uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million soʻmdan grant ajratilishi belgilandi.
Yigʻilishda mahalla bankirlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish hamda mahallalarni ixtisoslashtirish orqali daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan muhim vazifalar belgilandi. Mahallalar budjetini mustahkamlash maqsadida yer va mol-mulk soligʻining mahallada qoladigan ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirildi. Sanitariya qoidalarini buzish va noqonuniy qurilish uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi mahallaga yoʻnaltiriladi. Maydoni 5 ming kvadrat metrgacha boʻsh turgan binolarni mahallaning oʻzi sotuvga chiqarish huquqiga ega boʻldi. Noturar obyektlardan tushadigan yer va mol-mulk soligʻining 5 foizi ham bevosita mahalla ixtiyorida qoladi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida mahallalar budjetiga tushumlarni 2026-yilda 1,6 trillion soʻmga, keyingi yildan boshlab esa 2 trillion soʻmga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Mahallalarda obodonlashtirish, ijtimoiy xizmatlar koʻlamini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Hozirgi kunda “mahalla yettiligi” orqali aholiga 100 taga yaqin davlat xizmati koʻrsatilmoqda. Yil yakuniga qadar yana 25 turdagi xizmat mahalla darajasiga tushiriladi. Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va ehtiyojmand fuqarolar uchun zamonaviy ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Prezidentimiz yigʻilish yakunida mahalla xalq uchun eng yaqin boshqaruv boʻgʻini ekanini taʼkidlab, fuqarolarning kundalik muammolari ortiqcha ovoragarchiliksiz aynan mahallaning oʻzida hal etilishi lozimligini qayd etdi. Barcha amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, mahallalarda qulay yashash muhitini yaratish, bandlikni taʼminlash va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilishi zarurligi alohida taʼkidlandi.
Babayev Shavkat Bayramovich,
TDIU “Soliq va soliqqa tortish” kafedrasi professori,
iqtisodiyot fanlari doktori
boshqaruvchi may 18, 2025 0 19
boshqaruvchi Iyul 7, 2026 0 29
boshqaruvchi Iyun 14, 2025 0 33
Moderator Iyul 1, 2026 0 55
Moderator Iyun 26, 2026 0 32
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 32
boshqaruvchi Iyul 7, 2026 0 23
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 24