"INNOPROM" KO‘RGAZMASINING O‘ZBEKISTON BARQAROR IQTISODIYOTI UCHUN AHAMIYATI

aprel 28, 2025 - 23:06
aprel 29, 2025 - 09:40
 0  16
"INNOPROM" KO‘RGAZMASINING O‘ZBEKISTON BARQAROR IQTISODIYOTI UCHUN AHAMIYATI

Joriy yil 28-aprel kuni Toshkent shahrida boshlanganINNOPROM -  Markaziy Osiyobeshinchi xalqaro sanoat korgazmasi Ozbekiston iqtisodiyoti uchun muhim strategik ahamiyatga ega bolgan tadbirlardan biri sifatida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ushbu korgazmada ishtirok etishi ham bu tadbirning Ozbekiston sanoat siyosatidagi orni va istiqbollarini yanada ochiq-oydin namoyon qildi.

Korgazma doirasidagi faoliyat nafaqat ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish, balki xalqaro sanoat hamkorligini kengaytirish, yangi investitsiyalarni jalb qilish va ilgor texnologiyalarni mahalliy sanoat tarmoqlariga tatbiq etish imkoniyatlarini yaratishi bilan ahamiyatlidir. Ishtirok etuvchi davlatlar va kompaniyalar sonidagi osish, korgazma ekspozitsiya maydonining kengayishi, yangi mamlakatlarning qoshilishi ushbu tadbirning xalqaro nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu esa, Ozbekiston uchun yangi biznes aloqalarini ornatish va mavjud munosabatlarni chuqurlashtirishda qimmatli imkoniyatlar eshigini ochadi.

Korgazma davomida mahalliy va xorijiy sanoat yetakchilari ortasida qoshma loyihalar va kooperatsiya dasturlari boyicha amaliy kelishuvlar muhokama qilindi. Mashinasozlik, elektrotexnika, transport, qurilish materiallari, axborot texnologiyalari, kimyo va metallurgiya kabi strategik tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirish boyicha aniq rejalar belgilab olindi. Bu esa mahalliy sanoat korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va yangi ish orinlarini yaratish uchun asosiy omil hisoblanadi.

Ko‘rgazma, shu bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini rag‘batlantirishda ham samarali maydonga aylandi. Chet el investorlari O‘zbekistondagi qulay investitsiya muhitini, sanoat zonalaridagi imkoniyatlarni hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar va kafolatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Investorlar uchun milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlariga sarmoya kiritish imkoniyatlari ochilmoqda va bu mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish strategiyasida muhim o‘rin tutadi.

Shu bilan bir qatorda, "INNOPROM" ko‘rgazmasi orqali O‘zbekiston sanoatining innovatsion rivojlanishiga turtki berish maqsad qilingan. Yangi texnologik yechimlar, raqamli platformalar va energiya tejamkor uskunalarning taqdim etilishi mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda xalqaro standartlarga mos mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini kuchaytiradi. Bunday texnologik almashinuv mamlakatning sanoat sohasini raqobatbardosh va eksportbop darajada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirning o‘zi ham xizmatlar sohasini faollashtirdi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan minglab delegat va mehmonlar turizm, mehmonxona, transport va ovqatlanish xizmatlari bozorida iqtisodiy faollikni oshirdi. Bu esa ichki bozorda pul aylanishini kuchaytirish va xizmatlar sohasida yangi imkoniyatlarni yaratishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

“INNOPROM - Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi O‘zbekiston uchun sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, investitsiya va innovatsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi xalqaro maydonlarda faol ishtirok etish O‘zbekistonning global iqtisodiy maydondagi nufuzini yanada mustahkamlab boradi.

 

Tulyaganov Abdumalik Abdiraximovich 
TDIU, “Moliyaviy hisob va hisobot” kafedrasi
Mustaqil izlanuvchi, (PhD)