«Akademik halollik» mavzusida Xayrulla Qurbonov bilan podkast
???? Joriy yil 17-mart kuni 3-podkastimiz bo‘lib o‘tdi. E’lon qilingan podkastimizda «Akademik halollik» mavzusida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro va milliy reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Xayrulla Qurbonov bilan ushbu masala yuzasidan atroflicha fikr almashdik. Suhbat jarayonida ta’kidlandiki, akademik halollik — ilmiy va ta’lim jarayonida halollik, adolat hamda mas’uliyat tamoyillariga qat’iy rioya qilishni anglatadi. U, avvalo, o‘zgalar fikrini o‘zlashtirib olishdan voz kechish, ya’ni plagiatga yo‘l qo‘ymaslik, foydalanilgan manbalarni to‘g‘ri va aniq keltirish, barcha ishlarni mustaqil va vijdonan bajarish, ilmiy natijalarni sun’iy ravishda buzmaslik yoki soxtalashtirmaslik, akademik odob-axloq me’yorlariga amal qilishni o‘z ichiga oladi. Akademik halollik ta’lim sifati va ilmiy ishonchlilikning eng muhim mezonlaridan biri bo‘lib, u har bir talaba, tadqiqotchi va olimdan yuksak darajadagi mas’uliyat va vijdon talab qiladi.