boshqaruvchi Iyul 1, 2026 0 2
boshqaruvchi Iyul 1, 2026 0 9
Moderator Iyul 1, 2026 0 11
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 9
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 98
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 97
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 40
Moderator aprel 28, 2025 0 64
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 39
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 21
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator Iyul 1, 2026 0 5
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 149
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yil 1-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Mazkur taqdimot mamlakatimizda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni jadal rivojlantirish, ularni iqtisodiyot hamda davlat boshqaruvining turli sohalariga keng joriy etish bo‘yicha yangi bosqich boshlanganini yana bir bor namoyon etdi. Taqdimotda sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyot va davlat boshqaruvining turli sohalariga keng joriy etish, raqamli infratuzilmani takomillashtirish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, davlat boshqaruvi sifatini oshirish hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni yanada takomillashtirishga qaratildi.
Taqdimotda IT Park infratuzilmasini yanada kengaytirish bo‘yicha muhim rejalar ham ma’lum qilindi. Samarqand, Namangan, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida yangi filiallar tashkil etilishi, Nurafshon shahrida esa zamonaviy raqamli tadqiqot va ishlanmalar (R&D) markazini barpo etish rejalashtirilgan. Umumiy maydoni 7,3 gektar bo‘lgan ushbu majmua tarkibida oltita yuqori texnologiyali laboratoriya, sun’iy intellekt hisoblashlari uchun 200 ta grafika protsessoriga ega data-markaz, startap kampusi va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish markazi faoliyat yuritadi. Qiymati 200 million AQSH dollariga teng bo‘lgan mazkur loyihani 2027–2031-yillarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasida yuzga yaqin amaliy loyiha va ikki yuzdan ortiq tajriba-sinov tashabbusi hayotga tatbiq etilmoqda. Buning amaliy samarasi sanoat tarmoqlarida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining uchinchi mis boyitish fabrikasida ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida tahlil qilishga sun’iy intellektni joriy etish natijasida energiya sarfi 10 foizga, mahsulot tannarxi 15 foizga kamaydi, mehnat unumdorligi esa 10 foizga oshdi. Bunday yuqori natijalarga erishishda 24 million dollarlik grafika protsessorlari klasteriga asoslangan zamonaviy hisoblash infratuzilmasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, tibbiyot, energetika, transport, bojxona, soliq va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor tarmoqlarga oid 130 dan ziyod ma’lumotlar bazasini yagona raqamli tizimga integratsiya qilish hamda ular asosida sun’iy intellekt modellarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu tashabbuslar davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, boshqaruv qarorlarining aniqligi va tezkorligini kuchaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida resurslardan oqilona foydalanish hamda xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.
Raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi malakali kadrlar tayyorlash bilan uzviy bog‘liq. Shu bois raqamli ta’lim tizimini takomillashtirish, sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida Prezident tanlovining axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi mukofot jamg‘armasi 5 million AQSH dollarigacha oshirildi. Bu kabi rag‘batlantirish mexanizmlari istiqbolli startaplarning tezroq rivojlanishi, innovatsion mahsulotlarning bozorga chiqishi va venchur investitsiyalar oqimining ko‘payishi uchun qulay muhit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt va startap ekotizimini izchil rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotining yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirmoqda. Bu jarayon texnologik raqobatbardoshlikni mustahkamlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot va xizmatlar ulushini oshirish, shuningdek, yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ushbu maqsadlarga erishishda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar, IT kompaniyalar va xususiy sektor o‘rtasidagi samarali hamkorlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Dilnoza Innatovna AsadovaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti“Falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi
boshqaruvchi Iyun 23, 2025 0 18
boshqaruvchi Iyun 19, 2025 0 20
boshqaruvchi Iyun 9, 2025 0 17
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 208
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 47
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 37
Moderator Iyun 16, 2026 0 32
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 7
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 19