Moderator Iyun 22, 2026 0 10
Moderator Iyun 22, 2026 0 5
Moderator Iyun 22, 2026 0 3
Moderator Iyun 22, 2026 0 8
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 96
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 92
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 39
Moderator aprel 28, 2025 0 63
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 15
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 15
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 8
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 17
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 24
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 20
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 148
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Moderator aprel 5, 2025 0 60
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yil mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevralda qabul qilingan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida"dagi PF-22-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida mahalla tizimi orqali aholi bandligini taʼminlash, ayniqsa yoshlarning iqtisodiy faolligini oshirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston demografik oʻsishning faol bosqichida turibdi. Mamlakat aholisi 38 milliondan oshgani, mehnat bozoriga har yili yuz minglab yoshlar kirib kelayotgani yangi ish oʻrinlarini yaratish va yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash masalasini yanada dolzarb qilmoqda.
Ulkan pragmatik islohotlarda kambagʻallik va ishsizlik darajasini pasaytirish borasida muayyan natijalarga erishildi. Joriy yilgi Davlat dasturida ham aholini doimiy ish bilan taʼminlash, daromad manbalarini kengaytirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini manzilli yoʻlga qoʻyish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Mahalla jamiyatning eng quyi, shu bilan birga eng faol boʻgʻini sifatida bu jarayonda muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, yoshlarning intellektual va mehnat salohiyatini toʻgʻri yoʻnaltirish ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash bilan birga iqtisodiy oʻsishga ham xizmat qiladi.
Yangi tizimda yoshlar bandligi mahalla darajasida, “mahalla yettiligi” va yoshlar yetakchilari ishtirokida tashkil etilmoqda. “Yoshlar daftari” orqali koʻrsatilayotgan yordam faqat moddiy qoʻllab-quvvatlash bilan cheklanmay, yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish va bandligini taʼminlashga qaratilmoqda.
Bunday yondashuv yordamni aniq natija bilan bogʻlaydi. Ishsiz yoshlarning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlari oʻrganilib, ular qisqa muddatli kasbiy kurslarga, tadbirkorlik loyihalariga yoki xizmat koʻrsatish sohalariga yoʻnaltiriladi. Natijada davlat tomonidan ajratilayotgan mablagʻ yoshlarning kelajakdagi kasbiy salohiyatiga sarmoya sifatida xizmat qiladi.
Mehnat bozoridagi global oʻzgarishlar ham yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash zaruratini kuchaytirmoqda. Raqamlashtirish, avtomatlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ko‘plab kasblar yangilanmoqda, ayrim yoʻnalishlarda esa mutlaqo yangi koʻnikmalar talab qilinmoqda.
Shu bois yoshlarni raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilish bandlikning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Tuman markazlari va yirik mahallalarda raqamli koworking markazlarining tashkil etilishi, veb-dizayn, dasturlash, maʼlumotlar tahlili kabi yoʻnalishlarda qisqa muddatli kurslarning yoʻlga qoʻyilishi chekka hududlardagi yoshlarga ham zamonaviy mehnat bozorida oʻz oʻrnini topish imkonini bermoqda.
Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes tashabbuslarini ragʻbatlantirish va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ham bandlikni oshirishning muhim omillaridan biridir. Ayniqsa, mahalla darajasida aniqlangan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash yoshlarning oʻz hududida daromad manbaiga ega boʻlishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, mahalla darajasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish va iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholi oʻsishini barqaror iqtisodiy imkoniyatga aylantirishning asosiy sharti esa yoshlarni bilim, kasb va raqamli koʻnikmalar bilan qurollantirishdir.
Abdumannon Buxarovich Xayitov,Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi professori
boshqaruvchi mart 28, 2025 0 15
Moderator mart 17, 2026 0 22
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 19
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 203
Moderator aprel 21, 2026 0 103
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 37
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 31
Moderator Iyun 16, 2026 0 26
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 29