boshqaruvchi Iyun 24, 2026 0 2
boshqaruvchi Iyun 23, 2026 0 3
Moderator Iyun 23, 2026 0 11
Moderator Iyun 23, 2026 0 7
Moderator Iyun 23, 2026 0 13
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 96
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 93
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 39
Moderator aprel 28, 2025 0 63
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 16
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 24
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 20
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 148
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Moderator aprel 5, 2025 0 60
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Inson kapitalini rivojlantirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash har qanday davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida oliy ta’lim qamrovi kengaydi, yangi oliygohlar tashkil etildi va qabul kvotalari sezilarli oshirildi. Natijada har yili mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh mutaxassislar soni ortib bormoqda. Joriy yilda mamlakat oliy ta’lim muassasalarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilayotgani bu masalaning naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi.
Yoshlarning munosib ish bilan ta’minlanishi nafaqat ularning shaxsiy farovonligi, balki mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor markazida turibdi. Joriy yil 8-iyun kuni davlatimiz rahbariga oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Bugungi kunda yoshlarni faqat mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirishning o‘zi yetarli emas. Ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda amalga oshirilayotgan “Kelajakka qadam” dasturi yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan yilda dastur doirasida 6 mingdan ortiq tadbirkorlik loyihasi moliyalashtirilib, 378 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi va qariyb 8 ming nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi. Joriy yilda esa 500 milliard so‘m mablag‘ evaziga 8 mingdan ortiq loyihani qo‘llab-quvvatlash hamda 10 mingga yaqin yoshni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Jahon tajribasi ham yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yangi ish o‘rinlarini yaratishning eng samarali vositalaridan biri ekanini tasdiqlaydi. Rivojlangan davlatlarda startaplar va kichik biznes subyektlari bandlikning muhim manbai hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizda ham yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda.
Bitiruvchilar bandligini ta’minlashda davlat organlari, mahalliy hokimliklar, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Shu maqsadda bandlik jarayonlarini raqamli boshqarish mexanizmlari joriy qilinmoqda. Xususan, “career.edu.uz” platformasi orqali bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishi, ishga joylashish holati va mavjud vakant ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar yagona bazada jamlanmoqda. Bu esa ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi axborot almashinuvini yanada tezkor va samarali tashkil etish imkonini beradi.
Yoshlarni ish bilan ta’minlashda ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish ham muhim natijalar bermoqda. Shu maqsadda “TalabaExpo-2026” mehnat yarmarkalari va kasb ko‘rgazmalarini barcha hududlarda o‘tkazish rejalashtirilgan. Joriy yilda oliygohlar miqyosida 360 ta, fakultetlar kesimida 750 ta mehnat yarmarkasi hamda mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bunday tadbirlar bitiruvchilarning ish topish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Oliy ta’lim muassasalarida karyera markazlari faoliyatini takomillashtirish ham bandlik siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Endilikda ularning faoliyati “Bitiruvchi sifati indeksi” asosida baholanadi. Eng yaxshi natijaga erishgan 20 ta oliygohning karyera markazlarini moliyaviy rag‘batlantirish tizimi joriy etilishi esa bu boradagi mas’uliyat va raqobatni kuchaytiradi.
Mehnat bozori talablariga mos mutaxassis tayyorlash uchun ta’lim jarayonida amaliy ko‘nikmalar ulushini oshirish zarur. Shu sababli 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida “Tadbirkorlik asoslari” fanini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, spin-off korxonalar tashkil etish va kafedralarning ishlab chiqarish korxonalarida filiallarini ochish orqali ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yanada mustahkamlanadi.
Bu boradagi eng samarali mexanizmlardan biri dual ta’lim tizimidir. Mazkur model talabaning bir vaqtning o‘zida tahsil olishi va ishlab chiqarishda amaliy faoliyat yuritishini nazarda tutadi. Eng muhimi, ish beruvchi tashkilot bitiruvchini ish bilan ta’minlash bo‘yicha kafolat beradi. Germaniya, Avstriya va Janubiy Koreya tajribasida o‘z samarasini ko‘rsatgan ushbu tizim mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Ta’lim tizimi va mehnat bozorining o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. “Kelajakka qadam” dasturi, dual ta’lim modeli, karyera markazlari faoliyatining takomillashtirilishi hamda zamonaviy raqamli platformalarning joriy etilishi yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu jarayonlar natijasida mehnat bozorining ehtiyojlariga mos, raqobatbardosh va tashabbuskor mutaxassislar safi kengayib, mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.Laylo Abduxalilova,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari nomzodi
Moderator aprel 28, 2025 0 60
boshqaruvchi Iyul 5, 2025 0 18
Moderator aprel 30, 2026 0 31
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 204
Moderator aprel 21, 2026 0 105
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 41
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 35
Moderator Iyun 16, 2026 0 29
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 29