Moderator Iyul 2, 2026 0 14
boshqaruvchi Iyul 2, 2026 0 7
boshqaruvchi Iyul 2, 2026 0 10
boshqaruvchi Iyul 1, 2026 0 4
boshqaruvchi Iyul 1, 2026 0 3
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 99
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 97
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 40
Moderator aprel 28, 2025 0 64
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 39
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 21
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator Iyul 1, 2026 0 6
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 149
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Yoshlar bandligi haqida gapirganda, endi umumiy mulohazalar bilan cheklanib bo‘lmaydi, chunki bu yo‘nalishda mamlakatimizda so‘nggi bir-ikki yilda to‘plangan aniq raqamlar mavjud. Ular muammoning ko‘lamini ham, davlat siyosatining yo‘nalishini ham yaqqol ko‘rsatib beradi. 2026-yil 30-iyunda e’lon qilingan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvar holatida mamlakatimiz aholisi 39 million 47 ming 321 nafarni tashkil etgan. Bu joriy statistik hisob-kitoblardan 810 ming nafarga ko‘p bo‘lib, demografik jarayonlarning faolligini ko‘rsatadi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida aholining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkichi — 30,9 yoshdan past bo‘lib, O‘zbekistonni nisbatan “yosh” mamlakatlar qatoriga qo‘yadi. Boshqacha aytganda, mehnat bozoriga har yili kirib kelayotgan yosh avlod oqimi kamaymayapti, aksincha, davom etmoqda. Demak, yoshlarni ish bilan ta’minlash vazifasi ham yildan-yilga dolzarbligicha qolmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan tadqiqot natijalari ayniqsa e’tiborga molik. Unga ko‘ra, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan aholining 33,2 foizi NEET toifasiga kiradi, ya’ni ular na rasmiy ish joyiga ega, na ta’lim olayotgan, na biror kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlardir. Bu ko‘rsatkichning jinsiy kesimi yanada e’tiborlidir: ayollar orasida NEET darajasi 48,8 foizni tashkil etsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 19,4 foizga teng. Deyarli ikki baravar farq oddiy statistik og‘ish emas, balki yosh ayollarning ta’lim va mehnat bozoridan chetlashib qolishiga olib keladigan tizimli omillar — oilaviy majburiyatlar, hududiy imkoniyatlarning yetarli emasligi hamda ijtimoiy stereotiplar mavjudligidan dalolat beradi. Mamlakat bo‘yicha umumiy ishsizlik darajasi so‘nggi yillarda barqaror pasayish tendensiyasini namoyon etmoqda: 2025-yil boshida bu ko‘rsatkich 5,5 foizdan 4,9 foizga tushgan, yil o‘rtasiga kelib esa 5,1 foizni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, bir yil oldin bu ko‘rsatkich 5,8 foiz, ikki yil oldin esa 8,1 foiz bo‘lgan. 2026-yil uchun rasmiy maqsad ushbu ko‘rsatkichni 4,5 foizgacha pasaytirishdan iborat. Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, umumiy ishsizlik darajasining pasayishi hali yoshlar orasidagi vaziyat ham xuddi shunday sur’atda yaxshilanayotganini anglatmaydi. Yuqorida keltirilgan NEET ko‘rsatkichi buni yaqqol tasdiqlaydi. Demak, umumiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, yoshlarga xos alohida tahlil va alohida yechimlar zarurligi saqlanib qolmoqda. 2026-yil 20-aprelda qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030” strategiyasi, ya’ni PF-66-son Farmon aynan shu muammolarga javob sifatida ishlab chiqilgan. Strategiyaga ko‘ra, har yili mehnat bozoriga kirib kelayotgan 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2030-yilga qadar 900 ming yoshni ko‘ngillilik harakatiga jalb etish, xorijiy tillarni B2 darajasida egallagan yoshlar sonini 450 mingtaga yetkazish hamda nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlar sonini oshirish kabi aniq maqsadlar belgilangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 8-iyunda o‘tkazgan taqdimotda esa 2026-yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilayotgani ma’lum qilingan. Bu bitiruvchilar bandligi masalasini yanada dolzarb vazifaga aylantiradi. Amaliy dasturlar darajasida ham ijobiy natijalar mavjud. Bitiruvchilarning tadbirkorlik loyihalarini imtiyozli shartlarda moliyalashtiruvchi “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 2025-yilda 6 mingdan ortiq loyihaga 378 milliard so‘m ajratilgan va natijada qariyb 8 ming nafar bitiruvchining bandligi ta’minlangan. 2026-yilga rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar esa yanada yuqori: 8 mingdan ziyod loyihani moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m ajratish va shu orqali 10 ming nafarga yaqin yoshni ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu davlat tomonidan tadbirkorlik yoshlar bandligini ta’minlashning muhim vositalaridan biri sifatida qaralayotganini ko‘rsatadi. So‘nggi statistik ma’lumotlarni umumlashtirganda, uch asosiy xulosa ko‘zga tashlanadi. Birinchidan, mamlakat aholisi hamon yosh va bu tendensiya yaqin yillarda saqlanib qolishi kutilmoqda. Demak, yoshlar bandligi masalasi vaqtinchalik emas, balki doimiy diqqat markazida turishi kerak bo‘lgan strategik yo‘nalishdir. Ikkinchidan, umumiy ishsizlik ko‘rsatkichlarining pasayishiga qaramay, yoshlar orasidagi NEET darajasi — 33,2 foiz, ayniqsa qizlar orasidagi yuqori ko‘rsatkich — 48,8 foiz, alohida chuqur yondashuvni talab qiladi. Uchinchidan, so‘nggi bir yilda qabul qilingan strategik hujjatlar va moliyaviy dasturlar ushbu muammo davlat darajasida tan olinganini va unga aniq raqamli mo‘ljallar bilan javob berilayotganini ko‘rsatadi. Bu borada erishilgan natijalarning barqarorligini ta’minlash uchun esa nazorat, tahlil va manzilli dasturlarni uzluksiz davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.Xolmatov Muhriddin Mo‘min o‘g‘li,Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiMehnat iqtisodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
boshqaruvchi Iyun 30, 2025 0 25
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 37
boshqaruvchi Iyun 11, 2026 0 17
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 208
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 47
Moderator Iyun 16, 2026 0 32
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 8
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 19