boshqaruvchi Iyul 25, 2026 0 5
boshqaruvchi Iyul 25, 2026 0 8
boshqaruvchi Iyul 24, 2026 0 8
boshqaruvchi Iyul 24, 2026 0 6
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 103
Moderator aprel 17, 2025 0 45
Moderator aprel 16, 2025 0 103
Moderator aprel 11, 2025 0 86
Moderator aprel 11, 2025 0 89
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 41
Moderator aprel 28, 2025 0 68
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 58
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 24
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 27
Moderator aprel 9, 2025 0 82
Moderator aprel 9, 2025 0 38
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 12
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 22
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 29
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 23
Moderator Iyul 1, 2026 0 16
Moderator aprel 5, 2025 0 138
Moderator aprel 5, 2025 0 161
Moderator aprel 5, 2025 0 42
Moderator aprel 5, 2025 0 53
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yilning 22-iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumaniga tashrif buyurib, Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi pullik muqobil avtomobil yoʻli qurilishiga start berdi. Qiymati qariyb 2,2 milliard dollarga baholangan, uzunligi 282 kilometrni tashkil etuvchi ushbu olti polosali avtomagistral mamlakatimiz yoʻl-transport tarixida ilk bor barpo etilayotgan eng yuqori toifadagi zamonaviy magistral sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Loyihaning miqyosi va strategik yoʻnalishi uni oddiy yoʻl qurilishi doirasidan chiqarib, mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshimcha qiymat yaratuvchi, logistika va turizm sohalarini yangi bosqichga olib chiquvchi omilga aylantirmoqda.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, transport infratuzilmasi investitsiyasi ikki yoʻnalishda qoʻshimcha qiymat hosil qiladi: xarajatlarni qisqartirish orqali va yangi ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish quvvatlarini shakllantirish orqali. Toshkent – Samarqand yoʻli boʻyicha yuk tashish tannarxining 19–24 foizga pasayishi kutilmoqda. Bu koʻrsatkich, ayniqsa, tez buziladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun muhim: yetkazib berish xarajatlarining kamayishi tovar tannarxini pasaytiradi, bu esa oxir-oqibat iste'molchi narxlariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Jahon banki tahlillariga koʻra, infratuzilma loyihalariga kiritilgan har bir dollar iqtisodiyotga besh barobargacha samara keltirishi mumkin. Yangi yoʻl Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari yalpi hududiy mahsulotining uch foizga oʻsishiga turtki berishi kutilmoqda — bu koʻrsatkich shuni anglatadiki, yoʻl qurilishiga sarflangan mablagʻ nafaqat transport xarajatlarini qisqartiradi, balki hududiy iqtisodiy faollikni ham sezilarli darajada oshiradi. Bunday samara odatda yoʻl boʻylab paydo boʻladigan logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis obyektlari hisobiga shakllanadi, ular esa oʻz navbatida yangi ish oʻrinlari va mahalliy budjetlar uchun qoʻshimcha daromad manbalarini yaratadi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega toʻrt ming kilometrga yaqin tranzit yoʻl oʻtadi, biroq ularning atigi 30 foizi toʻliq quvvatda ishlayotgan boʻlsa, yana chorak qismi ortiqcha yuklama ostida qolmoqda. Bu holat mamlakatning tranzit salohiyatidan toʻliq foydalanishga toʻsqinlik qiladigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Toshkent – Samarqand yoʻli aynan shu muammoni yumshatishga xizmat qiladi, chunki u markaziy hududlarni janubiy va gʻarbiy viloyatlar bilan bogʻlab, xalqaro transport yoʻlaklari samaradorligini oshiradi.
Yanada kengroq nuqtai nazardan qaraganda, "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" va Transafgʻon temir yoʻllari ishga tushgach, mamlakatimiz Tinch okeanidan Yevropagacha boʻlgan eng qisqa quruqlik yoʻlagining asosiy boʻgʻiniga aylanishi kutilmoqda. Toshkent – Samarqand avtomagistrali aynan shu tizimning avtomobil yoʻli segmentini mustahkamlaydi va Pokiston portlari orqali Hind okeani hamda Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Hisob-kitoblarga koʻra, qoʻshimcha 15–20 million tonna tranzit yukini qabul qilish yiliga 400–600 million dollar daromad, logistika markazlari va terminallar uchun 3 milliard dollargacha investitsiya hamda 50 mingga yaqin barqaror ish oʻrni yaratish imkonini beradi. Bu raqamlar loyihaning nafaqat yoʻl qurilishi, balki toʻliq qiymatli logistika ekotizimini shakllantirish loyihasi ekanini koʻrsatadi.
Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqtining hozirgi besh soatdan ikki yarim soatgacha qisqarishi mamlakat ichki turizmi uchun ham sezilarli ahamiyatga ega. Samarqand mamlakatimizning eng yirik tarixiy-madaniy turizm markazlaridan biri hisoblanadi, biroq masofaning uzoqligi kunlik yoki qisqa muddatli sayohatlar uchun toʻsiq boʻlib kelgan. Yoʻl vaqtining ikki baravar qisqarishi Toshkentdan Samarqandga bir kunlik tashrif buyurish yoki hafta oxiri dam olish maqsadida borish imkoniyatini kengaytiradi, bu esa mehmonxona, restoran va boshqa turizm xizmatlari sohasida talabni oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, yoʻl boʻyida mehmonxona va turizm obyektlarining barpo etilishi rejalashtirilgani alohida eʼtiborga molik. Bunday obyektlar nafaqat magistral boʻylab harakatlanuvchi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi, balki yoʻl oʻtadigan oʻn uchta tuman uchun ham yangi turizm infratuzilmasi shakllanishiga zamin yaratadi. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, yirik transport yoʻlaklari, ayniqsa ular tarixiy-madaniy markazlarni bogʻlagan hollarda, mintaqaviy turizm oqimlarini sezilarli darajada kengaytirishga xizmat qiladi.
Loyihaning "yashil" va innovatsion yoʻl sifatida taqdim etilishi ham bejizga emas. Zamonaviy xavfsizlik yechimlari, raqamli boshqaruv tizimlari hamda yuqori sifatli monolit beton qoplamasi nafaqat yoʻl-transport hodisalari sonini kamaytirishga, balki energiya sarfi va texnik xarajatlarni ham optimallashtirishga xizmat qiladi. Tirbandliksiz va bir maromda harakatlanish yoqilgʻi sarfini kamaytiradi, bu esa oʻz navbatida ekologik yukni ham pasaytiradi — bu jihat, ayniqsa, uzoq muddatli barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent – Samarqand avtomagistrali misolida koʻrish mumkinki, yirik transport infratuzilmasi loyihalari faqat yoʻl qurilishi bilan cheklanmaydi. Bunday loyihalar bir vaqtning oʻzida uch yoʻnalishda — iqtisodiy qoʻshimcha qiymat yaratish, logistika salohiyatini kuchaytirish va turizm sohasini rivojlantirish — samara beradi. 2030-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan ushbu magistral yakunlangach, uning taʼsiri nafaqat yoʻl oʻtadigan toʻrt viloyat, balki butun mamlakat iqtisodiyoti miqyosida sezilishi kutilmoqda.
Sevara Aytieva,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
boshqaruvchi Iyun 21, 2026 0 13
boshqaruvchi may 21, 2025 0 38
boshqaruvchi Iyun 3, 2025 0 28
Moderator Iyul 1, 2026 0 49
boshqaruvchi Iyul 7, 2026 0 29
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 27
Moderator Iyun 26, 2026 0 25
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 23