STRATEGIK SHERIKLIK MUNOSABATLARINI O‘RNATISH – ISTIQBOL KAFOLATI

Iyun 11, 2025 - 17:55
Iyun 11, 2025 - 17:56
 0  14
STRATEGIK SHERIKLIK MUNOSABATLARINI O‘RNATISH – ISTIQBOL KAFOLATI

Slovakiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 1-sentabrda qabul qilingan. Slovakiya – to‘gli mamlakat. Hududining aksariyat qismi G‘arbiy Karpat tog‘lari doirasida joylashganligi sababli Slovakiya Ruda tog‘lar mamlakati ham ataladi. Slovakiyada qo‘ng‘ir ko‘mir, temir, marganets, polimetall rudalari, surma, magnezit konlari bor. Tekisliklarda dehqonchilik qilinadi. Aholisining 87% – slovaklar, shuningdek, vengr, chex, ukrain va boshqalar ham yashaydi. Shahar aholisi qishloq aholisiga nisbatan ko‘pchilikni – 56,8% tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso 8−10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Mazkur tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, O‘zbekiston–Slovakiya ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiyot tarmoqlari tarkibida eng ustuvor tarmoq va sohalar sifatida savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga e’tibor qaratildi. Eng avvalo, Yevropa mehnat bozoriga kirish imkoniyatini yaratadigan tashkil etilgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish, qolaversa madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi hamda tashrif doirasida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etdi.

Slovakiyaning iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakat sifatida tasniflanadi va Yevropa Ittifoqining a’zosi hisoblanadi. E’tibor sanoat va xizmatlar sektorlarida rivojlanishga, shuningdek, jalb etilgan qiziqarli loyihalarga qaratiladi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fiso Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, jumladan:

  • diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;

  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

  • standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

  • energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;

  • 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;

  • 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriya va Sloveniya mamlakatlarida amalga oshirgan rasmiy tashrifi – darhaqiqat, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vengriya hamda Sloveniya davlatlaridagi rasmiy uchrashuvlari “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitidan keyingi barqaror hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy tashrifdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso 8−10 iyun kunlari mamlakatimizga tashrifi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo yetakchilari o‘rtasida chuqur va keng qamrovli hamkorlikni amaldagi va kelgusidagi ikki tomonlama Kengaytirilgan Hamkorlik va Sheriklik Bitimlari (EPCA)ning amaliy isboti bo‘lib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun asosiy hudud – Yevropa bozoriga kirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Xudoyberdiyeva Viloyat Jabborovna
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti
Huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi