boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 0
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 2
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 1
Moderator Iyul 2, 2026 0 18
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 99
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 97
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 40
Moderator aprel 28, 2025 0 64
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 39
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 21
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator Iyul 1, 2026 0 6
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 149
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yil 1-iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish hamda mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika xizmatlari sifatini oshirish, xalqaro transport yo‘laklarini kengaytirish va tashqi savdo uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.
Bugungi globallashuv sharoitida transport va logistika tizimi har qanday davlat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylandi. Ayniqsa, Markaziy Osiyoning markazida, Yevropa va Osiyo bozorlarini bog‘lovchi muhim geografik hududda joylashgan O‘zbekiston uchun zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish strategik ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimiz Sharq va G‘arbni bog‘lovchi yirik quruqlik transport xabiga aylanish uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega. Bugungi kunda respublika hududi orqali qariyb 4 ming kilometr xalqaro tranzit yo‘laklari o‘tadi, 4,7 ming kilometr temir yo‘l tarmog‘i esa ichki va tashqi yuk tashishning muhim tayanchi hisoblanadi.
So‘nggi yillarda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent, Navoiy va Namangan shaharlarida zamonaviy logistika markazlari hamda “quruq portlar” barpo etilmoqda. Navoiy xalqaro aeroporti Yevroosiyo havo transporti tizimida muhim yuk tashish markaziga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li hamda Transafg‘on temir yo‘li loyihalarining amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro transport tizimidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi. Ushbu yo‘nalishlar ishga tushirilishi natijasida Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik transport yo‘li shakllanadi va yuklarni yetkazib berish muddati 8 kungacha qisqaradi. Bu esa amaldagi ayrim marshrutlarga nisbatan qariyb uch barobar tezkor logistika xizmatlarini ta’minlaydi. Shuningdek, Pokistonning Karachi va Gvadar portlari orqali Hind okeaniga chiqish imkoniyati kengayib, aholisi qariyb 2 milliard bo‘lgan Janubiy Osiyo bozorlari bilan savdo aloqalari yanada rivojlanadi.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonning tranzit imkoniyatlari hali to‘liq ishga solingani yo‘q. Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi yillik tovar aylanmasi 800 milliard dollar, yuk tashish hajmi esa 120–150 million tonnani tashkil etadi. Agar mamlakatimiz qo‘shimcha 15–20 million tonna xalqaro tranzit yukini jalb eta olsa, har yili 400–600 million dollar qo‘shimcha daromad olish, logistika infratuzilmasiga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish hamda 50 ming yangi ish o‘rnini yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 1,5–2 foiz bandiga tezlashtirishga xizmat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, mavjud ko‘rsatkichlar transport-logistika tizimida hali foydalanilmagan salohiyat katta ekanini ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekistonning Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi tranzit yuk tashishdagi ulushi hozircha 1–2 foiz atrofida. 2025-yilda tranzit yuk tashish hajmi 15,3 million tonnani tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 54 foizga oshgan bo‘lsa-da, bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan hali yetarli emas. Ayrim chegara o‘tkazish punktlarining o‘tkazuvchanlik quvvati xalqaro yuk oqimining ortib borayotgan talabiga to‘liq javob bermaydi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 27 ta logistika markazining umumiy quvvati 27,2 million tonna bo‘lsa-da, ulardan faqat bittasi xalqaro eng yuqori toifaga mansub. Zamonaviy “A” toifali avtomatlashtirilgan omborlar ehtiyojning atigi 10–15 foizini qoplaydi. Bundan tashqari, sovutgichli omborlar, bojxona terminallari, konteynerlashtirish tizimi va logistika jarayonlarini boshqaruvchi raqamli platformalarni rivojlantirish zarurati saqlanib qolmoqda.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarni transport-logistika yo‘nalishida ixtisoslashtirish taklif etildi. Jumladan, Xonobod va Angren shaharlari, Yangiyo‘l, Ohangaron, Olot hamda Termiz tumanlari logistika xizmatlari markazlari sifatida rivojlantiriladi. Xonobod “Xitoy yo‘lining darvozasi”, Olot “O‘rta yo‘lak darvozasi”, Termiz esa “Transafg‘on yo‘lagining darvozasi” sifatida faoliyat yuritishi rejalashtirilmoqda. Bu hududlar xalqaro tranzit oqimlarini samarali taqsimlash va tashqi savdo logistikasini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi.
Hududlarda logistika markazlarini tashkil etuvchi tadbirkorlarga har birida 50 gektardan, jami 300 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, har yili 200 million dollar miqdorida imtiyozli kredit resurslari yo‘naltirilishi, tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi esa davlat byudjeti hisobidan barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Qibray va Termiz tumanlarida bojxona terminallari va avtoturargohlar qurish, Xonobodda xalqaro temir yo‘l chegara o‘tkazish punkti tashkil etish, Yangiyo‘l temir yo‘l stansiyasini kengaytirish hamda Ohangaronda zamonaviy “A” toifali logistika markazini barpo etish ham ustuvor loyihalar qatoridan o‘rin olgan.
Transport-logistika tizimini raqamlashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu bois logistika markazlarida zamonaviy terminal va ombor boshqaruv tizimlarini joriy etish, ularni “E-logistika” platformasi bilan integratsiyalash, onlayn monitoring, avtomobil raqamlarini avtomatik aniqlash va elektron hisobga olish tizimlarini keng tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Chegara o‘tkazish punktlarida “bir to‘xtash” (one stop) tamoyilini joriy etish esa yuklarni rasmiylashtirish muddatini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, logistika markazlari, omborlar va yuk ortish-tushirish uskunalarini import qilishda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish orqali xususiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsad qilingan.
Prezidentimiz transport-logistika tizimini rivojlantirish mamlakat eksport salohiyatini oshirish, investitsiya jozibadorligini kuchaytirish va hududlarning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishning muhim omili ekanini alohida ta’kidladi. Shu munosabat bilan xalqaro transport yo‘laklaridan samarali foydalanish, logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xususiy sektor uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha mas’ul idoralarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Xulosa qilib aytganda, transport-logistika tizimini izchil rivojlantirish O‘zbekistonning uzoq muddatli milliy manfaatlariga to‘liq mos keladi. Zamonaviy va yuqori texnologik transport infratuzilmasining shakllanishi mamlakatimizning xalqaro savdo va tranzit tizimidagi o‘rnini mustahkamlaydi, eksport hajmini kengaytiradi, investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi hamda yangi ish o‘rinlari yaratadi. Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishi O‘zbekistonni Yevroosiyoning eng muhim transport va logistika markazlaridan biriga aylantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Abdumalikova Guli-Rano“Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 12
boshqaruvchi aprel 2, 2026 0 30
boshqaruvchi may 31, 2025 0 38
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 208
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 47
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 37
Moderator Iyun 16, 2026 0 32
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 8
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 19