boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 5
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 0
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 17
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 8
boshqaruvchi Iyun 18, 2026 0 14
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 96
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 91
Moderator aprel 11, 2025 0 82
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 39
Moderator aprel 28, 2025 0 63
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 15
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 14
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 8
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 17
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 24
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 20
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 148
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Moderator aprel 5, 2025 0 60
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Mamlakatimizda oliy ta’lim bilan qamrov darajasining izchil ortib borishi mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh mutaxassislar sonining ham ko‘payishiga xizmat qilmoqda. 2026-yilda respublika oliy ta’lim muassasalarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda. Bunday yirik inson resursini samarali bandlik bilan ta’minlash nafaqat ijtimoiy barqarorlik, balki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois oliy ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda.
Joriy yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aynan shu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Unda yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish va ta’lim tizimini mehnat bozori talablariga yanada yaqinlashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlar belgilab berildi.
So‘nggi yillarda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida oliy ta’lim muassasalari soni ortdi, qabul kvotalari kengaytirildi va yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlari sezilarli darajada yaxshilandi. Natijada har yili mehnat bozoriga minglab yangi mutaxassislar kirib kelmoqda. Bu esa ularning bandligini ta’minlashda an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda zamonaviy va kompleks mexanizmlarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda amalga oshirilayotgan “Kelajakka qadam” dasturi yoshlarning biznes tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan muhim moliyaviy vositalardan biri hisoblanadi. Dastur doirasida 2025-yilda 6 mingdan ortiq tadbirkorlik loyihasi imtiyozli moliyalashtirilib, buning uchun qariyb 378 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 8 mingga yaqin bitiruvchining bandligi ta’minlandi. 2026-yilda esa 8 mingdan ortiq loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 500 milliard so‘m mablag‘ ajratish hamda 10 mingga yaqin yoshni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Xalqaro tajriba ham yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri ekanini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda yosh korxonalar umumiy bandlikning qariyb beshdan bir qismini ta’minlaydi. Har yili yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining deyarli yarmi aynan shunday korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu jihatdan, mamlakatimizda ham yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy faollik va yangi ish o‘rinlarini yaratishning samarali vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bitiruvchilar bandligini ta’minlashda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda “career.edu.uz” platformasi orqali bitiruvchilar, ularning mutaxassisligi, ishga joylashish holati hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha yagona elektron baza shakllantirilmoqda. Mazkur platforma ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasida real vaqt rejimida axborot almashinuvi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Bandlik siyosatini hududiy darajada samarali tashkil etish maqsadida vertikal boshqaruv tizimi ham shakllantirilmoqda. Bu yondashuv markaziy darajada qabul qilinayotgan qarorlarni hududlarning real ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Natijada har bir hududda mavjud iqtisodiy salohiyat va kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi.
Bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida respublika miqyosida “TalabaExpo–2026” kabi mehnat yarmarkalarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarning ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilishiga, mehnat bozori talablari bilan yaqindan tanishishiga va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish topishiga xizmat qiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida karyera markazlari faoliyatini takomillashtirish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ularning samaradorligini natijaga asoslangan mezonlar orqali baholash va rag‘batlantirish tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Xususan, eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliy ta’lim muassasasining karyera markazlariga 500 million so‘mdan rag‘batlantirish mablag‘lari ajratilishi nazarda tutilgan. Bu esa oliygohlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirib, bitiruvchilar bandligiga bo‘lgan mas’uliyatni yanada oshiradi.
Bugungi mehnat bozori nafaqat nazariy bilimga, balki amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislarni talab qilmoqda. Shu sababli 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida “Tadbirkorlik asoslari” fanini joriy etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, spin-off korxonalar tashkil etish hamda kafedralarning tarmoq korxonalarida filiallarini ochish orqali ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur jarayonda dual ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi. Ushbu model talabaning bir vaqtning o‘zida ham ta’lim olishi, ham ishlab chiqarish korxonalarida amaliy faoliyat yuritishini nazarda tutadi. Eng muhimi, ish beruvchi tashkilot tomonidan bitiruvchini ishga joylashtirish bo‘yicha kafolat berilishi ushbu tizimning samaradorligini oshiradi. Germaniya, Avstriya va Janubiy Koreya tajribasida o‘zini oqlagan dual ta’lim modeli ta’lim sifati bilan bir qatorda mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalasi faqat mehnat bozorining emas, balki oliy ta’lim tizimining ham samaradorligini belgilovchi muhim mezonlardan biriga aylanmoqda. “Kelajakka qadam” dasturi, dual ta’lim modeli, karyera markazlari faoliyatining takomillashtirilishi hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikning kengaytirilishi ta’lim va iqtisodiyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirmoqda. Bu jarayon yoshlarning zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashi, o‘z salohiyatini amaliy faoliyatda namoyon etishi va mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Eng muhimi, inson kapitaliga qaratilayotgan bunday e’tibor mamlakatning raqobatbardoshligi va barqaror iqtisodiy rivojlanishining muhim omiliga aylanib bormoqda.Abduxalilova Laylo To‘xtasinovnaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, i.f.n.
boshqaruvchi may 5, 2025 0 31
boshqaruvchi Iyun 3, 2025 0 29
boshqaruvchi Iyun 11, 2025 0 31
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 197
Moderator aprel 21, 2026 0 103
Moderator aprel 30, 2026 0 30
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 29
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 27