boshqaruvchi Sentabr 3, 2026 0 2
boshqaruvchi Sentabr 3, 2026 0 1
Moderator Sentabr 3, 2026 0 9
boshqaruvchi Sentabr 2, 2026 0 11
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 104
Moderator aprel 17, 2025 0 47
Moderator aprel 16, 2025 0 105
Moderator aprel 11, 2025 0 87
Moderator aprel 11, 2025 0 90
boshqaruvchi Sentabr 3, 2026 0 0
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 43
Moderator aprel 28, 2025 0 69
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 65
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 27
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 40
Moderator aprel 9, 2025 0 86
Moderator aprel 9, 2025 0 39
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 16
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 23
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 29
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 28
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 25
boshqaruvchi Iyul 28, 2026 0 19
Moderator Iyul 1, 2026 0 24
Moderator aprel 5, 2025 0 140
Moderator aprel 5, 2025 0 163
Moderator aprel 5, 2025 0 42
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Telefonga xabar keladi: “Tabriklaymiz! Siz talabalar uchun e’lon qilingan grant sovrindori bo‘ldingiz. Mukofotni rasmiylashtirish uchun havolaga o‘tib, ma’lumotlaringizni tasdiqlang”. Xabardagi havola tanish sayt manziliga o‘xshaydi. Sahifada ham tanish logotip, odatiy ranglar va ishonch uyg‘otadigan yozuvlar. Talaba uzoq o‘ylab o‘tirmay login va parolini kiritadi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay uning elektron pochtasi yoki ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti begona shaxslar nazoratiga o‘tishi mumkin.
Raqamli dunyodagi xavf har doim ham murakkab dastur yoki favqulodda texnologiya ko‘rinishida kelmaydi. Aksincha, kiberjinoyatchilar ko‘pincha insonning ishonuvchanligi, qiziqishi, shoshqaloqligi yoki e’tiborsizligidan foydalanadi. Shu jihatdan qaraganda, zamonaviy kiberxavfsizlik masalasi faqat kompyuter va dasturlar xavfsizligi emas, balki insonning raqamli muhitdagi xulq-atvori bilan ham chambarchas bog‘liq.
Bugungi talaba hayotini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Elektron ta’lim platformalari, mobil ilovalar, bulutli xizmatlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt vositalari bilim olish, ma’lumot izlash, ilmiy izlanish olib borish va muloqot qilish imkoniyatlarini keskin kengaytirdi. Talaba birgina smartfon orqali dars materiallarini oladi, topshiriq yuboradi, bank xizmatidan foydalanadi, xarid qiladi va boshqa foydalanuvchilar bilan axborot almashadi.
Ammo imkoniyatlar ko‘paygan sari raqamli xavflar doirasi ham kengaymoqda. Phishing xabarlari, soxta internet sahifalari, zararli dasturlar, akkauntlarni egallab olish, shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, internet firibgarligi, deepfake texnologiyalari va ijtimoiy muhandislik usullari shular jumlasidandir. Ayniqsa, internet va mobil xizmatlardan faol foydalanadigan talaba-yoshlar bunday xavflarga tez-tez duch kelishi mumkin.
Shu nuqtada “kiberxavfsizlik madaniyati” va “kibergigiyena” tushunchalarining mazmunini anglash muhim. Kiberxavfsizlik madaniyati — insonning raqamli muhitdagi xavflarni anglashi, shaxsiy ma’lumotlarini himoya qila olishi, axborot resurslaridan mas’uliyat bilan foydalanishi va shubhali vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishiga xizmat qiladigan bilim, ko‘nikma va xulq-atvor majmuasidir.
Kibergigiyena esa ana shu madaniyatning kundalik hayotdagi amaliy ifodasidir. Uni oddiy gigiyena bilan qiyoslash mumkin. Inson muntazam ravishda qo‘l yuvish orqali ko‘plab kasalliklardan o‘zini himoya qilgani singari, oddiy raqamli odatlar ham ko‘plab kiberxavflarning oldini olishga yordam beradi. Buning uchun har bir foydalanuvchidan dasturchi yoki kiberxavfsizlik mutaxassisi bo‘lish talab qilinmaydi. Muhimi — xavfsizlik qoidalariga muntazam va ongli ravishda amal qilish.
Kibergigiyenaning eng muhim jihatlaridan biri parol bilan bog‘liq. Talaba odatda bir vaqtning o‘zida elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, ta’lim platformalari va turli mobil ilovalardan foydalanadi. Barcha xizmatlarda bir xil parol qo‘llash esa xavfni keskin oshiradi. Buni barcha xonalarning eshigini bitta kalit bilan ochishga qiyoslash mumkin: bitta kalit begona qo‘lga tushsa, boshqa eshiklar ham himoyasiz qoladi.
Shuning uchun muhim akkauntlar uchun alohida va ishonchli parollardan foydalanish, imkoniyat mavjud bo‘lgan xizmatlarda esa ikki bosqichli yoki ko‘p omilli autentifikatsiyani yoqish zarur. Bunday himoya parol oshkor bo‘lib qolgan taqdirda ham akkauntga begona shaxs kirishini qiyinlashtiradigan qo‘shimcha to‘siq vazifasini bajaradi.
Yana bir muhim odat — havolani ochishdan oldin uning ishonchliligini tekshirish. “Siz grant yutdingiz”, “Stipendiya olish uchun ro‘yxatdan o‘ting”, “Akkauntingiz bloklanadi”, “Sovrinni olish uchun ma’lumotlaringizni tasdiqlang” kabi xabarlar foydalanuvchida qiziqish, qo‘rquv yoki shoshilish hissini uyg‘otishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Kiberfiribgarlikda vaqt bosimi bejiz qo‘llanmaydi. Inson shoshgan paytda ma’lumotni tekshirishga kamroq vaqt ajratadi. Shuning uchun raqamli muhit uchun juda oddiy, ammo samarali tamoyilni odatga aylantirish mumkin: “Avval tekshir, keyin bos!”
Xabarni kim yuborgani, internet manzili haqiqiy saytga tegishli ekani va nima sababdan shaxsiy ma’lumot so‘ralayotgani aniqlanmaguncha shubhali havolani ochmaslik ma’qul. Ayniqsa, parol, bank kartasi ma’lumotlari va SMS orqali keladigan bir martalik tasdiqlash kodlari begona shaxslarga berilmasligi kerak.
Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi kiberxavfsizlik masalasiga yangi jihatlarni olib kirdi. Bugun sun’iy intellekt yordamida tabiiy ko‘rinadigan matn, tasvir, ovoz va videolarni yaratish ancha osonlashdi. Shu sababli ekranda tanish insonning yuzini ko‘rish yoki audioyozuvda tanish ovozni eshitishning o‘zi axborotning haqiqiy ekanini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lmay qolmoqda.
Masalan, tanish inson nomidan pul o‘tkazish, maxfiy ma’lumot yuborish yoki noma’lum havolani ochish so‘ralgan vaziyatda axborotni boshqa aloqa vositasi orqali qayta tekshirish foydali. Bu oddiy odat deepfake va ijtimoiy muhandislikka asoslangan firibgarliklarning oldini olishda muhim himoya vositasiga aylanishi mumkin.
Sun’iy intellekt xizmatlaridan foydalanishda ma’lumotlarning maxfiyligi masalasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ommaviy platformalarga login va parollar, bank ma’lumotlari, pasport rekvizitlari, xizmatga oid maxfiy hujjatlar yoki oshkor etilishi mumkin bo‘lmagan boshqa ma’lumotlarni kiritmaslik raqamli xavfsizlikning muhim qoidalaridan biridir.
Aslida, kundalik kibergigiyena murakkab talablar yig‘indisi emas. Alohida parollardan foydalanish, ko‘p omilli autentifikatsiyani yoqish, noma’lum havola va fayllarni tekshirmasdan ochmaslik, telefon va kompyuterdagi dasturlarni o‘z vaqtida yangilash, muhim ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlash hamda ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha shaxsiy ma’lumot tarqatmaslik — bularning barchasi oddiy kundalik odatlardir. Har biri alohida qaralganda kichik choradek ko‘rinadi, biroq ular birgalikda foydalanuvchining raqamli himoyasini sezilarli darajada kuchaytiradi.
Biroq kiberxavfsizlik mas’uliyatini faqat talabaning zimmasiga yuklash to‘g‘ri emas. Oliy ta’lim muassasasida xavfsiz raqamli muhitni shakllantirish tizimli yondashuvni talab qiladi. Bu jarayon talaba, professor-o‘qituvchi, IT-mutaxassis va universitet rahbariyatining o‘zaro hamkorligiga asoslanishi kerak.
Birinchi bosqich talabalariga “Kibergigiyena va raqamli xavfsizlik” bo‘yicha qisqa amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish shunday tizimning muhim bo‘g‘ini bo‘lishi mumkin. Bunda murakkab texnik atamalardan ko‘ra talaba kundalik hayotda uchratadigan vaziyatlarga e’tibor qaratish samaraliroq: phishing xabarini qanday aniqlash, soxta saytni haqiqiy saytdan qanday farqlash, akkauntni qanday himoyalash, shubhali fayl kelganda nima qilish kerak?
Nazariy tushuntirish amaliy mashq bilan mustahkamlangandagina barqaror ko‘nikmaga aylanadi. Shu ma’noda oliy ta’lim muassasalarida “Kiberxavfsizlik haftaligi”ni tashkil etish, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, seminarlar, viktorinalar va talabalar tanlovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq. Nazorat qilinadigan o‘quv muhitida tashkil etilgan phishing-simulyatsiyalari ham talabaning shubhali xabarni real vaziyatga yaqin sharoitda aniqlash ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim muassasasining o‘zida ham texnik himoya mexanizmlari kuchli bo‘lishi zarur. Universitet elektron pochtasi va ta’lim platformalarida ko‘p omilli autentifikatsiyadan foydalanish, dasturiy ta’minotni muntazam yangilash, axborot tizimlariga kirish huquqlarini oqilona boshqarish hamda kiberhodisa yuz berganda kimga va qanday tartibda xabar berish kerakligini talabalar va xodimlarga tushuntirish umumiy xavfsizlik darajasini oshiradi.
Eng muhimi, kiberxavfsizlikni faqat IT-mutaxassislarning vazifasi sifatida qabul qilishdan voz kechish kerak. Universitet rahbariyati xavfsiz raqamli muhit va tegishli tartiblarni yaratadi, mutaxassislar texnik himoyani ta’minlaydi, professor-o‘qituvchilar talabalarning raqamli savodxonligini rivojlantiradi, talabalar esa xavfsizlik talablariga ongli ravishda amal qiladi. Ana shunda kiberxavfsizlik alohida tadbir emas, balki universitet hayotining kundalik madaniyatiga aylanadi.
Bugungi raqamli jamiyatda insonning bilim darajasi uning qancha axborotga ega ekanigina bilan belgilanmaydi. Axborotning ishonchliligini tekshirish, shaxsiy ma’lumotni himoya qilish, raqamli xavfni oldindan sezish va texnologiyadan mas’uliyat bilan foydalanish ham zamonaviy savodxonlikning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Shu bois talaba-yoshlarda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishni bir martalik seminar yoki targ‘ibot tadbiri bilan cheklab bo‘lmaydi. U uzluksiz ta’lim, amaliy mashqlar, texnik himoya va shaxsiy mas’uliyatni birlashtirgan yaxlit tizimga aylanishi zarur.
Zero, raqamli makondagi kuchli himoya faqat antivirus dasturi yoki murakkab paroldan iborat emas. Uning markazida xavfni anglaydigan, axborotni tekshiradigan, shoshilinch qaror qabul qilmaydigan va o‘z ma’lumotlariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘ladigan foydalanuvchi turadi. Talaba-yoshlarda ana shunday raqamli xulq-atvorni shakllantirish esa ularning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bilan birga, oliy ta’lim muassasasining umumiy axborot xavfsizligi va raqamli barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Nodir Otaboyev,TDIU, "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasikatta o‘qituvchisi
boshqaruvchi Iyul 10, 2025 0 32
boshqaruvchi Iyun 14, 2025 0 33
boshqaruvchi Iyun 27, 2025 0 32
Moderator aprel 28, 2025 0 87
Moderator Iyun 26, 2026 0 54
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 51
boshqaruvchi Iyul 5, 2025 0 36
boshqaruvchi avgust 3, 2026 0 36
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 26