“CHIRCHIQ” TEXNOPARKI MISOLIDA O‘ZBEKISTON SANOATI YANGI YUKSALISH BOSQICHIGA CHIQMOQDA
Umuman olganda, “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki misolida O‘zbekiston sanoat siyosatidagi muhim tendensiya — xom ashyodan tayyor mahsulotga o‘tish strategiyasi amalda qanday natija berayotganini ko‘rish mumkin. Zamonaviy infratuzilma, investitsiyalar uchun qulay muhit, soliq va bojxona imtiyozlari hamda ilmiy-texnologik yondashuvning uyg‘unligi qisqa muddat ichida yuqori iqtisodiy samara keltirishi mumkinligini mazkur loyiha isbotlab turibdi. Eng muhimi, bu jarayon mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiluvchi uzoq muddatli taraqqiyot modeli shakllanayotganini ko‘rsatmoqda. Shu ma’noda, kimyo sanoati bugun nafaqat sanoat tarmog‘i, balki O‘zbekistonning yangi iqtisodiy taraqqiyot bosqichini belgilab berayotgan muhim o‘sish nuqtalaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Madina Abdullayeva,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
"Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi dotsenti,
iIqtisod fanlari nomzodi