boshqaruvchi Iyul 7, 2026 0 2
boshqaruvchi Iyul 7, 2026 0 5
Moderator Iyul 3, 2026 0 8
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 10
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 11
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 99
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 99
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 86
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 40
Moderator aprel 28, 2025 0 64
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 44
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 21
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 10
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 19
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 21
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator Iyul 1, 2026 0 10
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 150
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 50
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Globallashuv sharoitida iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlik ekani dunyo tajribasida o‘z isbotini topgan. Aynan kichik va o‘rta biznes iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirilmoqda.
Joriy yilda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunan yangi bosqichga ko‘tarildi. Soliq tizimini soddalashtirish, tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga yetish imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratmoqda.
Bu boradagi eng muhim yangiliklardan biri soliq sohasida amalga oshirilgan islohotlardir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–247-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi soliq tartibi joriy etildi. Endi yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshmaydigan tadbirkorlar aylanmaning atigi 1 foizini soliq sifatida to‘laydi. Ilgari amal qilgan 4 foizlik stavka bekor qilinib, qat’iy belgilangan jismoniy shaxslar daromad solig‘ini to‘lash amaliyoti ham tugatildi. Bu esa kichik biznes uchun hisob-kitoblarni ancha yengillashtirib, tadbirkorlarning rasmiy iqtisodiyotda faoliyat yuritishini rag‘batlantirmoqda.
Iqtisodchilarning fikricha, soliq yukining kamayishi tadbirkorlar xarajatlarini qisqartirish bilan birga, norasmiy iqtisodiyot ulushini ham pasaytirishga xizmat qiladi. Ayni paytda elektron to‘lovlar va raqamli hisob-kitob tizimining kengayishi moliyaviy shaffoflikni ta’minlashda muhim omilga aylanmoqda.
Islohotlarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, 2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga o‘z firma nomi bilan faoliyat yuritish huquqi berildi. Bu o‘zgarish tadbirkorning bozordagi nufuzini oshirish, brendini shakllantirish va iste’molchilar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ham davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–240-son farmoniga muvofiq, 2026-yildan xotin-qizlar tadbirkorligini moliyalashtirishning yangi mexanizmi joriy etildi. Unga ko‘ra, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 ming baravarigacha, ya’ni 10,3 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalar uchun Markaziy bank asosiy stavkasi + 10 foiz punkt (joriy holatda 24 foizni tashkil etuvchi) imtiyozli stavkada kreditlar ajratiladi. Bunda loyiha kamida 10 ta yangi ish o‘rni yaratishni nazarda tutishi lozim.
Mazkur tashabbusning eng muhim jihati davlat tomonidan bank krediti summasining 70 foizigacha kafolat berilishidir. Bu, avvalo, garov ta’minoti yetishmasligi sababli biznes boshlash imkoniga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun katta moliyaviy ko‘mak hisoblanadi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, 2026-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m moliyaviy resurs ajratilishi, uning 43 trillion so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi belgilangan. Bu raqamlar mamlakatda xususiy sektorga berilayotgan e’tibor tobora ortib borayotganini yaqqol namoyon etadi.
Investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham o‘z samarasini bermoqda. Sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasida yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qolmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil ortib bormoqda. Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyotiga nisbatan xalqaro ishonch mustahkamlanayotganining amaliy ifodasidir.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni ham hal qiluvchi bosqichga yetdi. Bugungi kunda tashkilotga a’zo bo‘lishdan manfaatdor 35 davlatdan 33 tasi bilan ikki tomonlama muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. 2026-yil may oyida Hindiston bilan bozorga kirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Davlat rahbari tomonidan 2026-yil O‘zbekistonning JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lish yili sifatida belgilangani mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining strategik ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bu jarayon mahalliy tadbirkorlar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Chunki xalqaro kompaniyalar mamlakatimizga nafaqat tayyor mahsulot sotish, balki mahalliy ishlab chiqarish, servis va logistika tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida ham kirib kelmoqda. Bu esa milliy korxonalarning xalqaro ta’minot zanjirlariga qo‘shilishi va eksport salohiyatini oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ayni paytda, ayrim dolzarb masalalar ham mavjud. Raqamli iqtisodiyot sharoiti tadbirkorlardan yuqori moliyaviy savodxonlik va zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni talab etmoqda. Jahon savdo tashkilotiga a’zolik sharoitida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro raqobatga tayyorligini kuchaytirish, shuningdek, chekka hududlarda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor vazifalardan bo‘lib qolmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bu vazifalarni samarali hal etish uchun davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish, kredit kafolati tizimini takomillashtirish hamda tadbirkorlar uchun doimiy o‘quv va konsalting xizmatlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar izchil va tizimli tus olmoqda. Soliq tizimining soddalashtirilishi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining kengayishi, investitsiya muhitining yaxshilanishi hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Eng muhimi, erkin va himoyalangan tadbirkorlik muhiti xalq farovonligi, yangi ish o‘rinlari va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining asosiy kafolati bo‘lib qolaveradi. Zero, tadbirkorlik erkinligi — barqaror taraqqiyotning eng mustahkam poydevoridir.Karriyev Karimbergan Safarboyevich,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti“Biznes boshqaruvi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
boshqaruvchi Iyun 18, 2026 0 16
Moderator aprel 17, 2025 0 99
boshqaruvchi aprel 2, 2026 0 17
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 51
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 40
Moderator Iyun 16, 2026 0 34
Moderator Iyul 1, 2026 0 28
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 13
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 19