boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 0
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 2
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 1
Moderator Iyul 2, 2026 0 18
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 99
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 97
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 40
Moderator aprel 28, 2025 0 64
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 39
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 21
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator Iyul 1, 2026 0 6
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 149
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Har bir xalqning farovonligi, avvalo, uning oilalari farovonligidan boshlanadi. Millionlab oilalarning iqtisodiy barqarorligi mamlakat iqtisodiyotining mustahkam poydevorini yaratadi. Shu bois 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi bejiz emas. Mazkur davlat dasturida oilalarning iqtisodiy farovonligini ta’minlash, aholi bandligini oshirish hamda mahalla institutining bu boradagi amaliy rolini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Oila iqtisodiyotini soddalashtirilgan iqtisodiy model orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
D = X + J + R
bu yerda D — oilaning umumiy daromadi, X — joriy ehtiyojlarga yo‘naltiriladigan xarajatlar, J — jamg‘arma yoki ehtiyot fondi, R esa ta’lim, kasb-hunar egallash, sog‘liqni saqlash, uy-joyni yaxshilash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish kabi istiqbolli yo‘nalishlarga yo‘naltiriladigan investitsion xarajatlarni anglatadi. Ushbu model oilaviy byudjetning asosiy tarkibiy qismlarini sodda va tushunarli tarzda ifodalaydi. Daromad qanchalik barqaror bo‘lsa, xarajatlar oqilona rejalashtirilsa, jamg‘arma va rivojlanishga ajratiladigan mablag‘ hajmi ham shunchalik ortadi. Bu esa oilaning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash bilan birga, uning kelajakdagi farovonligi uchun ham muhim zamin yaratadi.
Davlat dasturida mahalla institutiga nafaqat ma’naviy-ma’rifiy, balki iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash vazifasi ham yuklatilgan. Xususan, oilalarning daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, aholi bandligini ta’minlash va moliyaviy savodxonlikni oshirish mahallalarning ustuvor faoliyat yo‘nalishlari sifatida belgilanmoqda.
Avvalo, har bir oilaning iqtisodiy holati individual yondashuv asosida o‘rganilmoqda. “Oila daftarlari” orqali xonadonlarning daromad manbalari, mehnatga layoqatli, biroq vaqtincha band bo‘lmagan fuqarolar aniqlanib, ular mikrokreditlar, subsidiyalar hamda bandlik dasturlariga jalb etilmoqda. Natijada oila daromadini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mahalla darajasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Bo‘sh turgan yer maydonlari va foydalanilmayotgan binolardan samarali foydalanish, oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarga zarur maslahat va yo‘l-yo‘riqlar berilishi oilalarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa modeldagi R, ya’ni rivojlanishga yo‘naltiriladigan mablag‘ ulushining ortishiga zamin yaratadi.
Moliyaviy savodxonlikni yuksaltirish ham oila farovonligini ta’minlashning muhim omillaridan hisoblanadi. Mahallalarda tashkil etilayotgan oilaviy byudjetni rejalashtirish bo‘yicha seminar va uchrashuvlar fuqarolarda daromad hamda xarajatlarni muvozanatli boshqarish, ortiqcha xarajatlardan tiyilish va jamg‘arma shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda. Natijada oilalarning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, jamg‘arma ulushi ortib bormoqda.
Shuningdek, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalarni o‘z vaqtida aniqlash ham mahalla institutining muhim vazifalaridan biridir. Bunday oilalarni davlatning ijtimoiy himoya dasturlari, subsidiyalar va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga jalb etish ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish ham oila daromadlarini ko‘paytirishning samarali vositalaridan sanaladi. Mahallalar tashabbusi bilan tashkil etilayotgan qisqa muddatli kasb-hunar kurslari yangi kasb egallash, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Natijada bir oilada bir nechta barqaror daromad manbai shakllanmoqda.
Oilaning iqtisodiy formulasi oddiy matematik tenglama emas. U har bir xonadonning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladigan amaliy iqtisodiy modeldir. Mazkur modelning muvaffaqiyati daromadlarni ko‘paytirish, xarajatlarni oqilona boshqarish, jamg‘arma madaniyatini shakllantirish va rivojlanishga muntazam investitsiya kiritish bilan chambarchas bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda, 2026-yilda amalga oshirilayotgan islohotlar oilalarning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Zero, iqtisodiy jihatdan barqaror oila — kuchli mahalla, rivojlangan hudud va barqaror milliy iqtisodiyotning eng muhim tayanchidir. Shu ma’noda, “Oilada totuvlik — davlatda obodonchilik” degan hikmat nafaqat ma’naviy, balki chuqur iqtisodiy mazmunga ham ega.
A.B. XayitovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori
Moderator Iyun 23, 2026 0 5
boshqaruvchi Iyul 2, 2025 0 39
boshqaruvchi Iyun 12, 2025 0 35
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 208
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 47
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 37
Moderator Iyun 16, 2026 0 32
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 8
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 19