Moderator Iyul 31, 2026 0 13
boshqaruvchi Iyul 30, 2026 0 13
boshqaruvchi Iyul 30, 2026 0 21
boshqaruvchi Iyul 29, 2026 0 15
boshqaruvchi Iyul 28, 2026 0 4
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 103
Moderator aprel 17, 2025 0 45
Moderator aprel 16, 2025 0 103
Moderator aprel 11, 2025 0 86
Moderator aprel 11, 2025 0 89
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 41
Moderator aprel 28, 2025 0 68
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 59
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 25
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 28
Moderator aprel 9, 2025 0 83
Moderator aprel 9, 2025 0 38
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 13
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 23
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 29
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 23
boshqaruvchi Iyul 28, 2026 0 13
Moderator Iyul 1, 2026 0 17
Moderator aprel 5, 2025 0 139
Moderator aprel 5, 2025 0 161
Moderator aprel 5, 2025 0 42
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Joriy yil 30-iyul kuni Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar Markaziy Osiyoda shakllanayotgan yangi iqtisodiy hamkorlik modelining muhim ko‘rinishi bo‘ldi.Cho‘lponotada O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida imzolangan yangi hujjatlarga faqat diplomatik munosabatlarning navbatdagi bosqichi sifatida qarash yetarli emas. Ularning ortida ikki mamlakat iqtisodiyoti uchun kundalik va juda amaliy ahamiyatga ega masalalar — suv, elektr energiyasi, qishloq xo‘jaligi, chegara savdosi, oziq-ovqat ta’minoti va transport turibdi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma hamda yana 12 ta hujjat qabul qilindi. Ularning orasida Chechme (Chashma) bulog‘idan birgalikda foydalanish, O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkasi bo‘yicha kelishuv va 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan agrosanoat sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi alohida e’tiborga molik. Chunki ushbu uch yo‘nalish aslida bir-biri bilan uzviy bog‘langan: suv bo‘lmasa qishloq xo‘jaligi rivojlanmaydi, yetishtirilgan mahsulot erkin harakatlanmasa savdo o‘smaydi, chegara infratuzilmasi samarali ishlamasa esa ikki mamlakatning geografik yaqinligi iqtisodiy ustunlikka aylanmaydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning tez sur’atda kengayishi kuzatilmoqda. Xususan, 2025-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,2 milliard AQSH dollariga yetdi va endilikda uni 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. (Qirg‘iziston tomoni bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollardan ortiq deb baholaydi — farq eksport va importni hisoblash metodikasidagi tabiiy tafovut, ya’ni “ko‘zgu statistikasi” bilan izohlanadi.) Ikki mamlakat ishtirokida 450 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan. 2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonda Qirg‘iziston kapitali ishtirokida 374 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2016-yilda ularning soni atigi 49 ta edi. Demak, o‘n yil ichida faqat siyosiy muloqot emas, xususiy biznes va investitsiya munosabatlari ham ancha faollashdi. 2026-yil 28-iyul kuni Bishkekda o‘tkazilgan biznes-forumda 168 million dollarlik 11 ta hujjat imzolangani, O‘zbekiston–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan to‘rt yilda qiymati 100 million dollardan ortiq 37 ta loyiha ma’qullangani ham shu jarayonning amaliy ifodasidir.
Endilikda savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish uchun faqat yangi shartnomalar yetarli emas. Tovarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetib borish tezligi, transport xarajatlari va chegaradan o‘tish imkoniyatlari ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu jihatdan chegara o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 taga oshirish rejasi oddiy ma’muriy qaror emas. Bu, ayniqsa, tez buziladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sut, go‘sht, urug‘lik va boshqa agrar tovarlar uchun transport xarajatlarini kamaytirish va savdo zanjirini qisqartirish imkonini beradi.
Cho‘lponota muzokaralarining eng muhim iqtisodiy mavzularidan yana biri Qambarota GES-1 loyihasi bo‘ldi. Bir qarashda bu oddiy energetika loyihasiga o‘xshaydi. Aslida esa uning ahamiyati elektr energiyasi ishlab chiqarishdan ancha keng. Markaziy Osiyoda gidroenergetika suv resurslarini mavsumiy taqsimlash bilan bevosita bog‘langan. Qirg‘iziston uchun suv qishda elektr energiyasi ishlab chiqarish manbai hisoblanadi. Sovuq mavsumda elektrga talab ortganda suv omborlaridan ko‘proq suv chiqarishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun esa xuddi shu suv, asosan, yozgi sug‘orish mavsumida zarur. Natijada bitta resursga bo‘lgan talab turli mamlakatlarda turli vaqtda yuzaga keladi.
Qambarota GES-1 aynan shu muvozanatni yaxshilash imkonini berishi mumkin. Loyiha Norin daryosida, To‘xtag‘ul suv omboridan yuqorida qurilishi rejalashtirilgan. Uning quvvati 1 860 MVt bo‘lib, to‘rtta gidroagregat orqali yiliga qariyb 5,6 milliard kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. To‘g‘on balandligi 256 metr, suv omborining sig‘imi esa taxminan 4,56 kub kilometr bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Birinchi agregatni 2028-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan, loyiha qiymati esa 2025-yil oktabr holatidagi dastlabki bahoga ko‘ra 4,2 milliard dollar atrofida ko‘rsatilgan.
Agar Qambarota GES-1 rejadagidek ishga tushsa, Qirg‘iziston qishki elektr energiyasining muayyan qismini yangi stansiya orqali ishlab chiqarishi va To‘xtag‘ul suv omboridan qishda kamroq suv chiqarishi mumkin bo‘ladi. Bu esa suvni yozgi sug‘orish mavsumigacha ko‘proq saqlash imkonini beradi. Demak, O‘zbekiston va Qozog‘istonning ushbu loyihada ishtirok etish manfaatini faqat elektr energiyasi bilan izohlash to‘liq bo‘lmaydi. Bu yerda suv rejimi, qishloq xo‘jaligi barqarorligi va mintaqaviy oziq-ovqat xavfsizligi ham muhim o‘rin tutadi.
Joriy yil 8-iyul holatiga To‘xtag‘ul suv omboridagi suv hajmi 10,2 milliard kub metrni tashkil etgani ham masalaning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 700–750 million kub metr kam. Qirg‘iziston kuzgi-qishki mavsumni kamida 11,5 milliard kub metr suv zaxirasi bilan boshlashni maqsad qilgan. Keyingi davrda suv miqdorining oshishiga havoning isishi va muzliklarning faol erishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo muzliklarning tez erishi qisqa muddatda suv miqdorini ko‘paytirsa-da, uzoq muddatda tabiiy suv zaxiralarining qisqarishi bilan bog‘liq yangi xavflarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun suv omboridagi har bir milliard kub metr suvni faqat joriy mavsum ko‘rsatkichi emas, balki kelajakdagi suv va energetika xavfsizligi nuqtayi nazaridan ham baholash zarur.
O‘zbekistonda ham suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining Ilmiy-axborot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan, irrigatsiya kanallarining 40 foizi betonlashtirilgan, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish esa elektr energiyasi sarfini qariyb 30 foizga kamaytirish imkonini bergan. Hozirgi kunda yiliga 10 milliard kub metrdan ortiq suv tejalayotgan bo‘lsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgan. Bu natijalar muhim, ammo mintaqaning suv muammosini bir mamlakatning ichki islohoti bilan to‘liq hal qilib bo‘lmaydi. Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolar bir nechta davlat hududidan oqib o‘tadi. Shuning uchun yuqori oqimda qabul qilingan qaror quyi oqimdagi qishloq xo‘jaligiga, quyi oqimdagi talab esa yuqori oqimdagi energetika siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning agrar imkoniyatlariga nazar tashlansa, ikki mamlakatning iqtisodiy ixtisoslashuvi ko‘p jihatdan bir-birini to‘ldirishi ko‘rinadi. Qirg‘iziston tog‘li hududlar va katta yaylovlarga ega bo‘lgani uchun chorvachilik va sut ishlab chiqarishda tabiiy ustunliklarga ega. 2024-yilda mamlakatda 1,8 million tonna sut ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ichki ehtiyojning 115 foiziga teng. Sut mahsulotlarining eksport salohiyati 400 ming tonnagacha baholanmoqda. O‘zbekiston esa katta sug‘oriladigan maydonlar, 39 milliondan ortiq aholiga ega ichki bozor, mineral o‘g‘it ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va mahsulotlarni qayta ishlash quvvatlari bilan ajralib turadi.
Shu sababli ikki davlat agrar sohada faqat raqobatchi emas, balki hamkor bo‘lishi uchun ham katta imkoniyatga ega. Qirg‘iziston O‘zbekistonga sertifikatlangan kartoshka urug‘i, beda urug‘i, sut va chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berishi mumkin. O‘zbekiston esa Qirg‘izistonga mineral o‘g‘itlar, texnika, elektr energiyasi, qayta ishlash texnologiyalari va boshqa sanoat mahsulotlarini taklif qila oladi. Qo‘shma nav sinovlari, naslli chorvachilik, kartoshkachilik va boshqa agrar yo‘nalishlardagi hamkorlik esa ikki mamlakatda ham mahsuldorlikni oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Bu yerda geografiya ham iqtisodiyot foydasiga ishlaydi. Qirg‘iziston qoramollarining 22 foizi O‘sh, 21 foizi Jalolobod va 17 foizi Chuy viloyatida joylashgan. Qo‘y va echkilarning 22,5 foizi Jalolobod viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘sh va Jalolobod esa O‘zbekiston bozoriga geografik jihatdan juda yaqin. Demak, chegara o‘tkazish punktlarini ko‘paytirish natijasida sut, go‘sht va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzoq masofalardan tashish o‘rniga qo‘shni hududlardan tezroq va nisbatan kam xarajat bilan yetkazib berish imkoni paydo bo‘ladi.
Ayni paytda O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari oziq-ovqat bozoriga oid ba’zi hisob-kitoblarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini ko‘rsatdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15-yanvar holatida mamlakat aholisi 39 million 47 ming nafarni tashkil etgan. Chorvachilik bo‘yicha esa dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida avvalgi hisob-kitoblarga nisbatan qoramollar 14,9 foizga, qo‘y va echkilar 6,2 foizga, otlar 11,2 foizga kamroq qayd etilgan. Parrandalar soni, aksincha, 12,7 foizga ko‘proq chiqqan.
Bu statistik o‘zgarishni salbiy holat deb baholash to‘g‘ri emas. Aksincha, aniq ma’lumot iqtisodiy siyosatni to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. Agar aholi soni avvalgi hisob-kitobdan ko‘proq, ayrim chorva turlari esa kamroq bo‘lsa, go‘sht va sutga bo‘lgan real talab ham qayta baholanishi kerak. Bu oziq-ovqat importi, ichki ishlab chiqarish, chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shni mamlakatlar bilan savdo siyosatini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Bu jarayonlarning bozordagi ta’siri ham sezilmoqda. Ощкшн yil aprel–iyun oylarida go‘sht narxlari 6–8 foizga oshgan. Yanvar–iyun oylarida go‘sht va go‘sht mahsulotlari importi 481,7 million dollarga yetgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,2 foiz ko‘paygan. Bu ichki talabni barqaror ta’minlash uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirish bilan birga, samarali import manbalari va mintaqaviy agrar kooperatsiyani ham rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Qirg‘izistonning sut va chorvachilik bo‘yicha mavjud salohiyati shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston uchun yaqin va iqtisodiy jihatdan mantiqiy hamkorlik manbai bo‘lishi mumkin.
Shu bois Cho‘lponotada qabul qilingan hujjatlarning haqiqiy samarasi ularning soni bilan emas, keyingi yillarda qanday iqtisodiy natija berishi bilan o‘lchanadi. Qambarota GES-1 mintaqada suv va energetika manfaatlarini yaxshiroq muvofiqlashtirishga xizmat qiladimi, chegara o‘tkazish punktlarining ko‘payishi tovar aylanmasini amalda tezlashtiradimi, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan agrar hamkorlik rejasi sut, go‘sht, urug‘lik, o‘g‘it va qayta ishlangan mahsulotlarning real savdo oqimiga aylanadimi — asosiy savollar shulardan iborat.
Markaziy Osiyoning tabiiy va iqtisodiy sharoiti bir haqiqatni tobora aniq ko‘rsatmoqda: suv, energiya va oziq-ovqatni bir-biridan ajratib boshqarish qiyin. Suv elektr energiyasi ishlab chiqaradi, suv bilan yer sug‘oriladi, sug‘orilgan yer oziq-ovqat beradi, mahsulotni iste’molchiga yetkazish uchun transport va energiya talab etiladi. Shu bois mintaqadagi uzoq muddatli barqarorlik faqat har bir davlatning o‘z resurslarini tejashiga emas, balki qo‘shni mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda umumiy iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirishiga ham bog‘liq.
Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yangi ittifoqchilik munosabatlarining iqtisodiy ahamiyati faqat yuqori darajadagi siyosiy yaqinlashuvda emas. Uning amaliy qiymati suvdan samarali foydalanish, energiya barqarorligi, oziq-ovqat ta’minoti, chegaraoldi savdosi va qo‘shma ishlab chiqarishni kengaytirishda namoyon bo‘ladi. Agar imzolangan kelishuvlar shu yo‘nalishlarda aniq natijalarga aylansa, Cho‘lponota uchrashuvi ikki davlat munosabatlaridagina emas, balki Markaziy Osiyoda suv, energiya va oziq-ovqat manfaatlarini birlashtirishga qaratilgan yangi iqtisodiy yondashuvning muhim bosqichi sifatida baholanishi mumkin.Mirzaliyev Sanjar Maxamatjon o‘g‘liToshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori,texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
boshqaruvchi Iyun 30, 2025 0 30
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 13
Moderator Iyun 26, 2026 0 19
Moderator Iyul 1, 2026 0 55
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 30
Moderator Iyun 26, 2026 0 29
boshqaruvchi Iyul 7, 2026 0 29
boshqaruvchi Iyul 2, 2026 0 24
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 24