boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 1
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 2
boshqaruvchi Iyul 3, 2026 0 0
Moderator Iyul 2, 2026 0 18
boshqaruvchi aprel 19, 2025 0 99
Moderator aprel 17, 2025 0 40
Moderator aprel 16, 2025 0 97
Moderator aprel 11, 2025 0 83
Moderator aprel 11, 2025 0 85
boshqaruvchi mart 24, 2026 0 40
Moderator aprel 28, 2025 0 64
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 39
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 20
boshqaruvchi mart 10, 2026 0 16
Moderator aprel 9, 2025 0 78
Moderator aprel 9, 2025 0 35
boshqaruvchi mart 18, 2026 0 9
boshqaruvchi dekabr 5, 2025 0 18
boshqaruvchi dekabr 4, 2025 0 25
boshqaruvchi noyabr 20, 2025 0 21
boshqaruvchi noyabr 12, 2025 0 21
Moderator Iyul 1, 2026 0 6
Moderator aprel 5, 2025 0 133
Moderator aprel 5, 2025 0 149
Moderator aprel 5, 2025 0 39
Moderator aprel 5, 2025 0 49
Eng so'nggi yangiliklar, yangilanishlar va maxsus takliflarni to'g'ridan-to'g'ri pochta qutingizga olish uchun obunachilar ro'yxatiga qo'shiling
Dunyo iqtisodiyoti tobora "yashil" rivojlanish modeliga o‘tmoqda. Iqlim o‘zgarishi, energiya xavfsizligi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari davlatlar iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston ham bu jarayonda faol ishtirok etmoqda. 2025-yilning "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e’lon qilinishi ekologik va iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 2026-yilda esa asosiy e’tibor amaliy natijalarni ko‘paytirish, investitsiyalar hajmini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Yashil investitsiyalar endi faqat ekologiyani muhofaza qilish vositasi emas. Ular energiya mustaqilligini mustahkamlaydi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni rivojlantiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiradi. Shu sababli mazkur yo‘nalish iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismiga aylanmoqda.
Xalqaro moliya institutlari ma’lumotlari ham bu tendensiyani tasdiqlaydi. London fond birjasi guruhi (LSEG) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil uchinchi choragi yakunida muomaladagi yashil obligatsiyalar hajmi ilk bor 3 trillion AQSH dollaridan oshdi. Xalqaro energetika agentligi qayd etishicha, 2024-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi an’anaviy yoqilg‘i energetikasiga kiritilgan mablag‘lardan qariyb ikki baravar yuqori bo‘ldi. Bu kapital oqimlari tobora ekologik toza va energiya tejamkor loyihalar tomon yo‘nalayotganini anglatadi.
O‘zbekiston tabiiy imkoniyatlari bilan yashil investitsiyalar uchun qulay hududlardan biri hisoblanadi. Respublikaning katta qismida yiliga 300 kundan ortiq quyoshli ob-havo kuzatiladi, quyosh nurlanishining davomiyligi esa 2400–3000 soatni tashkil etadi. Bunday sharoit quyosh energetikasini keng rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi. Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga bo‘lgan ehtiyoj ham juda katta. Sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish yaqin yillarda eng istiqbolli investitsiya yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Davlat dasturlarida qayta tiklanuvchi energiya ulushini keskin oshirish maqsadi belgilangan. 2026-yilda e’lon qilingan rejalarga ko‘ra, 2030-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi manbalar ulushini 54 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Buning uchun minglab megavatt yangi quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi, mavjud quvvatlar kengaytiriladi va energiya infratuzilmasi modernizatsiya qilinadi.
Natijalar allaqachon ko‘zga tashlanmoqda. Navoiy viloyatida ish boshlagan yirik quyosh elektr stansiyasi mamlakatda yangi bosqichni boshlab berdi. Oradan qisqa vaqt o‘tib, quyosh va shamol elektr stansiyalari soni sezilarli darajada ortdi. Samarqandda quyosh energetikasi loyihalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol energetikasi obyektlari barpo etildi. Ayrim hududlarda kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va yangilash ishlari davom etmoqda. Ushbu loyihalarning aksariyati Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Biroq mavjud salohiyatni to‘liq ishga solish uchun yana bir qator vazifalar yechimini kutmoqda. Yashil moliyalashtirish standartlarini xalqaro talablarga moslashtirish, investitsiyalarning boshlang‘ich xarajatlarini kamaytirish, zamonaviy muhandislik va energetika sohalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash shular jumlasidandir. Soliq rag‘batlarini kengaytirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va investorlar uchun qulay huquqiy muhit yaratish ushbu jarayonni tezlashtiradi.
Energetika tizimining transformatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari oldida turgan umumiy vazifadir. Mintaqadagi elektr tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqligi qo‘shma loyihalarni rivojlantirishni talab qiladi. Tekislik hududlaridagi quyosh va shamol salohiyatini tog‘li hududlarning gidroenergetik imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish energiya ishlab chiqarishning barqarorligini oshiradi. Yagona mintaqaviy energetika bozori esa xarajatlarni kamaytirib, elektr energiyasi almashinuvini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
Yashil investitsiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotining uzoq muddatli rivojlanish omillaridan biriga aylanmoqda. Energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirmoqda, yangi texnologiyalarni olib kirishga yo‘l ochmoqda. Islohotlarning izchil davom etishi, xususiy kapital va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning kengayishi O‘zbekistonning mintaqadagi yashil iqtisodiyot markazlaridan biriga aylanishi uchun mustahkam asos yaratadi.To‘xtayeva Xurshida FarxodovnaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Mehnat iqtisodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
boshqaruvchi Iyun 23, 2026 0 11
Moderator Iyun 24, 2026 0 11
boshqaruvchi Iyun 17, 2025 0 29
boshqaruvchi Oktyabr 31, 2025 0 208
boshqaruvchi Iyun 19, 2026 0 47
boshqaruvchi Iyun 16, 2026 0 37
Moderator Iyun 16, 2026 0 32
boshqaruvchi Iyun 30, 2026 0 8
boshqaruvchi dekabr 15, 2025 0 19